Benzema - Valbuenaga: "Qo'ling o'zingda turaversin"
20 mar 2018 14:45
Yangiliklar
Benzema - Valbuenaga: "Qo'ling o'zingda turaversin"
"Real" hujumchisi Karim Benzema 3 yil avvalgi mojaro uchun "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Matyo Valbuena bilan yarashishni istamadi.
Aynan ushbu kelishmovchilik tufayli Benzema milliy terma jamoaga chaqirilmay qo'ydi.
Malumotlarga ko'ra, Valbuena matbuotga Benzema bilan uchrashib qolsa, qo'l berishini aytdi. Biroq "Real" futbolchisi "Instagram"da shunday javob qaytardi: "Qo'ling o'zingda turaversin".
2015 yilda Valbuena Benzemani hamtovoqlari bilan tovlamachilikda ayblagan edi. 2017 yilning yozida "Real" forvardi sudda yutib chiqdi va u aybsiz deb topildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar