Benzema: "Ronaldu - mening katta do'stim. U bilan yana ko'rishish ajoyib bo'ldi"
24 iyu 2021 17:17
Yangiliklar
Benzema: "Ronaldu - mening katta do'stim. U bilan yana ko'rishish ajoyib bo'ldi"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Evro-2020 doirasidagi Franciya va Portugaliya (2:2) o'rtasidagi o'yinda "Real"dagi sobiq sherigi Krishtianu Ronaldu bilan nimani gaplashganini aytdi.
"Ronaldu - mening katta do'stim, "Real"da biz ko'p narsalarga erishdik va ko'plab gollar urdik. Uni yana ko'rish ajoyib bo'ldi. Biz suhbatlashdik va bir-birimizga terma jamoa va klublarda omad tiladik", - deydi Benzema.
Eslatib o'tamiz, Franciya 5 ochko jamg'ardi va Evro-2020 F guruhida birinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar