Benzema qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 iyun 2021, 23:33
Fransiya termasi forvardi Karim Benzemaning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, futbolchi 2-3 kun ichida mashg'ulotlarga qaytadi va bu uning Evroda qatnashishiga to'sqinlik qilmaydi. Benzema Bolgariyaga qarshi o'yinda jarohatlangan va almashtirilgandi.

Fransiya Evro-2020 guruh bosqichida Portugaliya, Vengriya hamda Germaniya termalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport