Benzema: "O'tgan yili "Bavariya" darvozasiga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimidir"
03 fev 2015 11:44
Yangiliklar
Benzema: "O'tgan yili "Bavariya" darvozasiga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimidir"
"Real" hujumchisi Karim Benzema o'zining "Real Sosedad" darvozasiga urgan goliga izoh berdi.
"Qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatining 21-turida basklarga qarshi maydonga tushdi va 4:1 hisobida g'alabani tantana qildi. Benzema o'sha uchrashuvda juda chiroyli gol muallifiga aylandi.
"Real Sosedad" darvozasiga urgan golim, faoliyatimdagi eng chiroylilaridan biri. Bunday gollarni "Sevilya" va "Osasuna"ga ham urganman. Ammo men uchun eng muhim gol, o'tgan yili "Bavariya" darvozasiga urganimdir" - deydi Benzema.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'tgan yili "Bavariya" bilan CHempionlar ligasi yarim finalida to'qnash kelgan. "Qirollik klubi" uy uchrashuvida 1:0, mehmonda esa 4:0 hisobi bilan g'alaba qozonib, finalga yo'l olgan.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar