

Bahsda yagona bo'lgan golni madridliklar forvardi Karim Benzema urdi. Mazkur aniq zarba fransiyalik hujumchining 2019 yildagi 20-goliga aylandi va u bu ko'rsatkich bo'yicha Barselona sardori Lionel Messi bilan tenglashib oldi.
Top-5 birinchiliklari orasida joriy yilda urilgan gollar bo'yicha yetakchi Manchester Siti a'zosi Serxio Aguero (24 gol) hisoblanadi. Undan keyingi o'rinda esa Kilian Mbappe (PSJ, 21) hamda Robert Levandovski (Bavariya, 21) turibdi.



