Benzema haydovchilik hujjatlarisiz mashina haydayotganida qo'lga tushdi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2015, 10:50
"Real" hujumchisi Karim Benzema haydovchilik hujjatlarisiz mashina haydayotganida ispan policiyasi uni ushlab oldi.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi do'stlari bilan restoranda tanovul qilib uni tark etdi. Ayni damda hujumchining haydovchilik hujjatlari yo'q va u policiyachilarga hujjat ko'rsatib, bu mashina boshqarish uchun vaqtinchalik ruhsatnoma ekanligini aytdi, ammo hujjatga policiyachilar ishonmadi va ular Benzema va uning do'stlarini boshqa mashinada ketishlarini aytdi. Benzema policiyachilar tomonidan qo'lga olingani yo'q, lekin sodir bo'lgan voqea bo'yicha policiyachilar kerakli joylarga murojaat qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser