So’nggi yangiliklar

16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  0 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  0 16:34Ўзбекистон кубоги. Учта ўйин бошланмоқда  0 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  10 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  7 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  1 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6

Benzema bir necha yildan beri qo'lida bog'ich bilan o'ynaydi. Sababini bilasizmi?! Yangiliklar

Benzema bir necha yildan beri qo'lida bog'ich bilan o'ynaydi. Sababini bilasizmi?!

Keling, bugun Karim nima uchun qo'lini bog'lab olishi haqida gaplashamiz.

Ayni damda Karim Benzema dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Obro'li nashrlar "Oltin to'p" uchun ovoz berish jarayonida francuzga birinchi o'rinni berishmoqda. Ha, uning samaradorligi shunchaki ajoyib. Lekin Benzemaning ancha vaqtdan beri ko'pchilik ko'nikib ulgurgan o'ziga xos bir jihati bor. U bir necha yildan buyon qo'liga bog'ich bog'lab maydonga tushadi, biroq hamma ham buning sababini bilmaydi.

Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev "championat.asia" uchun maxsus shu masalani o'rganib chiqdi. Oldindan aytib qo'yaylik, buning bir necha sabablari bor!


Barchasi nimadan boshlangan?

2019 yilning yanvar oyida Karim Benzema "Betis" himoyachisi Mark Bartraga urilib ketib, qo'li bilan yomon yiqilib tushadi. Buning natijasida, francuzning o'ng jimjilog'i shikastlanadi va o'yinni davom ettira olmasligini bildiradi. "Real"ning o'sha paytdagi ustozi Santyago Solari uchrashuvdan so'ng Benzema barmog'ini sindirib olganini tasdiqlaydi. Biroq oradan olti kun o'tib, Karim "Sevilya"ga qarshi bahsda maydonga tushadi.



O'shanda franciyalik hujumchi faqatgina Ispaniya Kubogi doirasidagi "Leganes"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan.

"Karim og'riqqa qaramay, xarakter ko'rsatib, jamoasi manfaatini ustun qo'ydi. Operaciya kuni hali belgilanmadi, bu haqida keyinroq qaror qabul qilinadi", — degan edi Solari.

Benzemaning o'zi esa shunday fikr bildirgan:

"Avvaliga barmog'imga tosh bilan zarba berishgandek bo'ldi, keyin — xuddi uni kesib tashlashgandek".


Nega Benzema operaciya qildirmaydi?

Benzemaning jimjilog'i sindi. "Real"ni esa oldinda qiyin bahslar kutib turardi: Ispaniya Kubogida "Barselona", chempionatda "Atletiko" va CHempionlar Ligasi 1/8 finalida "Ayaks". SHu tufayli Karim operaciyani keyinroqqa qoldirdi.

O'shandan buyon Benzema qo'lidagi himoya tasmasi bilan harakatlanadi. Har uchrashuv boshlanishidan avval forvardning singan barmog'iga maxsus himoya shinasi qo'yiladi va bint bilan bog'lanadi. Jimjiloqni nomsiz barmoqqa mahkam birlashtirib qo'yishadi. Har gal bunga 20 daqiqa sarflanadi, shina va bandajning narxi — taxminan 40 evro. Benzema operaciyadan qochishga urindi va shifokorlar bilan maslahatlashdi. Ular esa buni boshqa yo'l bilan davolashning iloji yo'qligini takidlashdi. Biroq Karim hamon operaciyaga rozi emas — jarrohlik amaliyoti sabab futbolchi ikki oyga safdan chiqishi mumkin. 2019/2020 yilgi mavsum Benzema jamoaga zarar etkazmasdan operaciya qildirishi mumkin edi, chunki o'shanda koronavirus tufayli barcha musobaqalar to'xtatilgan edi. Biroq Karim buni amalga oshirmadi. Aftidan, shunday yurishga o'rganib qolgan shekilli...



Bazilar, francuzning bog'ichi unga omad keltiradi deb hisoblashadi. Ehtimol, bu fikr ham qaysidir manoda to'g'ridir?! Axir o'sha voqeadan so'ng Karimning yoshiga qaramay, uning samaradorligi borgan sari oshmoqda...


2017/2018 yilgi mavsum: 47 o'yin, 12 gol, 11 assist;
2018/2019 yilgi mavsum*: 53 o'yin, 30 gol, 11 assist;
2019/2020 yilgi mavsum: 48 o'yin, 27 gol, 11 assist;
2020/2021 yilgi mavsum: 46 o'yin, 30 gol, 9 assist;
2021/2022 yilgi mavsum*: 41 o'yin, 41 gol, 13 assist.

*2018/2019 yilgi mavsumda Karim Benzemaning barmog'i singan. 2021/2022 hali tugamadi...


Karim — bog'ich bilan o'ynayotgan birinchi futbolchi emas

Bog'ich Karim Benzemaning "fishka"siga aylandi. Qizig'i shundaki, o'z davrida Jeymi Vardi shunga o'xshash bog'ich taqib yurgan — 2015 yil sentyabrda "Aston Villa"ga qarshi bahsda bilagi sinadi. Hozir "Lester" forvardi hech qanday bog'ich taqmaydi.



Ammo Luis Suares ham xuddi Benzemadek sabab bilan qo'liga bog'ich bog'laydi, shekilli. "Liverpul" safidagi uchrashuvlardan birida bilak suyagi darz ketadi. SHundan keyin qo'lidagini qoldirib, o'ynashda davom etadi.



"Biz, futbolchilar, juda irimchimiz", — tushuntiradi Suares.


Nikolay Egorichev "championat.asia" uchun maxsus

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика