Benzema 0 ball, Kurtua esa 9 ball oldi
21 mar 2023 01:50
Yangiliklar


Benzema 0 ball, Kurtua esa 9 ball oldi
Ispaniyaning AS nashri "Barselona"ga qarshi bahs uchun "Real" futbolchilariga baho qo'ydi.
LaLiganing 26-turida "Barselona" "Real"ni 2:1 hisobida taslim etdi.
"Real" futbolchilari orasida eng yaxshi bahoni Tibo Kurtua oldi - 9 ball.
8 ball faqat Vinisius Juniorga nasib etdi. Eder Militao va zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sebalos, Rodrigo va Asensiolar 6 ballga baholanishdi.
"Real" safida eng kam ball Benzemaga qo'yildi - 0.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar