Benteke Liverpuldan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2016, 21:30
"Liverpul" futbolchisi Kristian Benteke jamoasini o'zgartirishga tayyorligini aytib o'tdi.

"Liverpul" bilan shartnomam bor. O'zim albatta qolishni istayman. Lekin, murabbiy menga ishonch bildirmasa, yangi jamoa izlashimga to'g'ri keladi.

Tanqidlarga tayyor edim. O'zimni ko'rsata olmasam, tanqidlar yomg'iri ostida qolishim aniq edi. Shunday bo'ldi ham.

Evro-2016dan so'ng qayerda o'ynashim borasida aniq qarorga kelaman", - deydi belgiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star