Bent "Liverpul"ga Salahni sotib, uning o'rniga Mbappe yoki Sanchoni olib kelishni tavsiya qildi
04 fev 2020 16:35
Yangiliklar


Bent "Liverpul"ga Salahni sotib, uning o'rniga Mbappe yoki Sanchoni olib kelishni tavsiya qildi
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Darren Bent Mersisayd klubiga maslahat berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, klub Muhammad Salahni sotib, uning o'rniga Kilian Mbappe yoki Jeydon Sanchoni olib kelishi kerak.
"Eshiting, to'g'ri Salah ko'p gollar uradi va top-o'yinchi. Ikkita "oltin butsa", mavsum o'yinchisi, ECHLdagi g'alaba, yana birozdan so'ng APL g'olibi, bularning hammasi o'z o'rnida. Ammo, agar uni Mane bilan taqqoslaydigan bo'lsak, Sadio yaxshiroq ko'rinmoqda. Salah ko'p gollar urayotgan bo'lishi mumkin, ammo Maneni ko'ring, u qizg'anmaydi, jamoadoshlari uchun o'ynaydi va toza gollar uradi. SHunday ekan Sadioni sotish xato, u juda muhim. Salahni sotib, uning o'rnini Mbappe yoki Sancho bilan to'ldirib olish haqida o'ylash kerak deb o'ylayman", - deydi Bent.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar