Benites: "PSJni boshqaramanmi? Kelajagimni 2-3 oydan so'ng muhokama qilamiz"
21 fev 2015 16:18
Yangiliklar


Benites: "PSJni boshqaramanmi? Kelajagimni 2-3 oydan so'ng muhokama qilamiz"
"Napoli" bosh murabbiy Rafael Benites unga PSJ qiziqib qolgani haqidagi malumotga izoh berdi.
Mutaxassisning Neapol klubi bilan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi.
"Kelajagim borasida 2-3 oydan keyin fikr bildiraman. Jamoa chalg'ib qolmasligi uchun, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak.
"Napoli" yosh klub va hali ham xalqaro arenada tajriba to'playapti. "Napoli"ni keyingi yil yoki 5 yildan keyin tark etganimda, jamoa o'z chempionatida va evrokuboklarda yaxshi ishtirok etadigan bo'lishi lozim" - deydi murabbiy.

Fikrlar