Benites: "Liverpul"ning asosiy yutug'i - muxlislari"
14 apr 2021 00:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630891_original.jpg)
![](/upload/storage/630891_220.jpg)
Benites: "Liverpul"ning asosiy yutug'i - muxlislari"
"Liverpul"ning sobiq ustozi Rafael Benites ECHLning 1/4 finali doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinning xarakteri shunday - kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha jamoaning tizimi o'rnatiladi. Bunga bir soat vaqt ketsa-da.
Asosiysi - futbolchilar qo'rqmasligi va shoshilmasligi kerak. Ularga koncentraciya borasida ishlov berish kerak.
Afsuski, "Liverpul" o'z muxlislaridan foydalana olmaydi. Bu o'yinni yanada yondirib yuborardi. "Enfild"dagi muxlislar xalqaro o'yinlarda asosiy faktor bo'lardi. Yani, jamoaning g'alabalaridagi asosiy faktor muxlislar orqali kelardi. Endi futbolchilar yuragini yondirishi kerak", - dedi Benites.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar