Benites: "Dalyan Ifan - mukammal loyiha"
04 iyu 2019 12:50
Yangiliklar


Benites: "Dalyan Ifan - mukammal loyiha"
"Dalyan Ifan" bosh murabbiyi Rafael Benites o'zining Xitoy klubiga o'tishiga izoh berdi.
"Faoliyatim davomida menga moliyaviy jihatdan yaxshi takliflar bo'lgan. Ammo men izlagan loyihalar ichida bunaqasi yo'q edi. "Dalyan Ifan" men uchun mukammal bir vaqtda paydo bo'lgan ajoyib loyihadir. Bu esa mening qarorimda asosiy omil bo'lib xizmat qildi.
So'nggi yillar davomida Xitoy Superligasini kuzatdim va bu erga men bilgan ko'plab futbolchi va murabbiylar tashrif buyurishdi", - deydi Benites.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis yangi klubida 12 million evro maosh oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar