"Benfika" "Yuventus" posboni uchun 10 million evro taklif qildi
13 iyu 2019 13:26
Yangiliklar


"Benfika" "Yuventus" posboni uchun 10 million evro taklif qildi
Portugaliya klubi "Yuventus"ning 26 yoshli italiyalik futbolchisi uchun 10 million evro taklif qilishga tayyor.
Perin "Benfika"ga o'tgan taqdirda yiliga 2,5 million evro maosh oladi.
Posbon yakunlangan mavsum "Yuventus" safida 9ta o'yinda maydonga tushgan.
transfermarkt.de darvozabonni 13 million evroga baholagan. Uning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Perin "keksa sinora" tarkibiga "Jenoa" safidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar