"Benfika" yarim himoyachisi Peres: "Valensiya" safida o'ynashni xohlardim"
26 dek 2014 14:19
Yangiliklar


"Benfika" yarim himoyachisi Peres: "Valensiya" safida o'ynashni xohlardim"
"Benfika" yarim himoyachisi Enco Peresning takidlashicha, u klubini o'zgartirmoqchi.
Oldinroq uning ismi "Valesiya" bilan bog'liq xabarlarda eslanayotgan edi.
"Albatta, "Valensiya"ga o'tishni xohlardim. Gap Evropaning kuchli jamoalaridan biri haqida ketyapti. Men "Benfika" futbolchisiman va boshqa klub haqida ko'p gapirishim noto'g'ri. Ayni damda hech narsa tasdiqlanmadi. "Benfika" bilan shartnomam 2018 yilgacha belgilangan va agar klublar kelisha olsa, men jamoani tark etaman" - deydi Peres.

Fikrlar