"Benfika" sobiq ustozi o'ziga Turkiyadan ish topdi
24 may 2022 23:55
Yangiliklar
"Benfika" sobiq ustozi o'ziga Turkiyadan ish topdi
Insayder Nikolo Skiraning aytishicha, portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush Istanbulning "Fenerbaxche" klubini boshqaradi. Tomonlar allaqachon uchrashib, dastlabki muzokaralar olib borishgan va ular muvaffaqiyatli tugagan.
Eslatib o'tamiz, Jezush 2020 yilning yozida "Benfika" boshqaruvini qo'lga olgan edi. 2021/2022 yilgi mavsumning eng yuqori cho'qqisida jamoadan chetlatilgan vaqtda "burgutlar" 15 ta uchrashuvdan so'ng 37 ochko jamg'argan va Portugaliya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turgandi. O'sha paytdagi musobaqa peshqadami 15 ta uchrashuvda 41 ochko jamg'argan "Portu" edi.
Jezush va "Benfika" o'rtasidagi shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi. Klubdagilar murabbiy yangi jamoa topmaguncha bitim majburiyatlarini bajarishda davom etishini takidlashdi.
Fikrlar