"Benfika" afsonasi Koluna vafot etdi
26 fev 2014 16:41
Yangiliklar

"Benfika" afsonasi Koluna vafot etdi
"Benfika" klubi safida Evropa chempionlar kubogini ikki bor qo'lga kiritgan 78 yoshli Mariu Koluna vafot etdi.
Portugaliya terma jamoasi sobiq azosi 78 yoshida bu dunyoni tark etdi.
Koluna 16 mavsum davomida "burgutlar" bilan birga 10 marta Portugaliya chempioni bo'lgan, 6 marta mamlakat kubogini va ikki marta Evropa chempionlar kubogini qo'lga kiritgan. 1970 yilda "Lion"ga ko'chib o'tgan va ikki yil davomida ushbu klubda to'p tepgan. Portugaliyaga qaytib "Eshtrela"da futbolchilik faoliyatini tugatgan.
U 1935 yil Portugaliyaning kolonnasi hisoblangan Mozambikning Inxaka shahrida tug'ilgandi. Faoliyatini "Deshportivo"da boshlagan hamda 1954 yil Portugaliyaga ko'chib o'tgan. "Benfika" safida u 677ta o'yin o'tkazgan, ularning yarmidan ko'pida sardor sifatida harakat qilgan.
Portugaliya terma jamoasi tarkibida Koluna 57ta o'yinda 7ta gol urgan. 1966 yilgi Jahon chempionatida aynan u sardorlik qilgan terma jamoa uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. 1972 yil Koluna faoliyatini tugatgan va Mozambik futbol federaciyasida rahbarlik qilgan. Bundan tashqari bu mamlakatda sport vaziri sifatida ishlagan.
Koluna seshanba kuni Mozambik poytaxti Maputu shahrida vafot etdi. Uni o'pkadagi shamollash bu dunyodan olib ketdi. Ikki oy oldin "Benfika" va Portugaliya terma jamoasining yana bir afsonasi Eusebio vafot etgandi.

Fikrlar