Bendtner 35 yoshda: faoliyatini yakunlaganiga ancha bo'ldi, kibersportga sarmoya kiritdi va o'zining prank-shousini suratga olmoqda. Va rostmanasiga hordiq chiqarmoqda
18 jan 2023 15:22
Yangiliklar
Bendtner 35 yoshda: faoliyatini yakunlaganiga ancha bo'ldi, kibersportga sarmoya kiritdi va o'zining prank-shousini suratga olmoqda. Va rostmanasiga hordiq chiqarmoqda
Lionel Messi 35 yoshida jahon chempionatini yutdi, Krishtianu Ronaldu 37 yoshida bir mavsumda 20tadan ortiq gol urdi, Lukas Modrich esa o'sha 36-37 yoshlarida CHempionlar ligasi g'olibi bo'ldi va yana JCHdan medal olib qaytdi.
Niklas Bendtnerga esa "tonnalab" ishonch bildirildi, ammo faoliyati unchalik yorqin chiqmadi. "Menga pul bilan kelgan hayot tarzi juda ham yoqqan. O'tmishga qaytib, o'sha yosh yigitchaning boshiga bolg'a bilan urishni xohlayman", – deya xafa bo'ldi keyinroq u.
U yaqindagina 35 yoshni qarshi oldi. Lord anchadan beri futbol o'ynamaydi.
So'nggi bor 2019 yilda maydonga tushgandi, faoliyatini esa bir yarim yil oldin yakunladi
Bendtner yuqori darajadagi rasmiy o'yinlarda 2019 yilning noyabridan beri ko'rinish bergani yo'q. U faoliyatini "Kopengagen"da yakunladi, u "Midtyulland"ga qarshi o'yinda hisob 1:4 bo'lib turganda 16 daqiqaga chiqdi va futbol bilan xayrlashdi.
Bendtner Xitoyda ham o'ynashi mumkin edi, ammo barchasini pandemiya barbod qildi. U yangi madaniyatni zabt etish o'rniga Daniyada juda pastga tushdi, aniqrog'i to'rtinchi divizionning "Tornbyu" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U erda uning sayohatini juda kam odam kuzatdi.
Bendtner anchadan beri elita ligalarda o'ynamadi, futbol esa huddi uning joniga tekkandek edi. U 2021 yilning iyunida, 33 yoshida faoliyatini rasman yakunladi.
O'shandan beri nima bilan shug'ullanayotgandi: kibersportga kirdi va prank-shouda ishtirok etdi
Niklas futbol bilan xayrlashar ekan, murabbiylik licenziyasini olish ustida ishlayotganini aytdi. Bir yarim yil o'tdi, ammo biz murabbiy Bendtnerni hali ko'rmadik.
Uning xarakterini hisobga olganda, buni ko'rish qiziq bo'lardi. Ayniqsa, Emmanuel Adebayorning intizom haqidagi gaplaridan so'ng:
"Biz klubning har bir qoidasini to'liq hurmat qilardik. Hech narsani hurmat qilmagan yagona o'yinchi Bendtner edi. Agar unga "kiyim almashtirish xonasida sport shimlarini kiyma" deyishsa, u albatta ularni kiyardi. Agar bizga saunaga kirishdan oldin futbolkamizni echish kerakligi aytilsa, u saunaga futbolka bilan kirib ketardi".
Faoliyatini yakunlagandan so'ng Niklas bilan nima bo'ldi?
• U etti marta yo'l harakati qoidalarini buzgani uchun mashinadan ayrilgan. Voqea 2021 yilning aprelida ro'y berdi, yarim yildan so'ng esa Daniya sudi uning Porsche Taycan Turbo S'ini olib qo'ydi, bundan tashqari 4600 funt sterling miqdorida jarimaga tortdi (bu hozirgi kurs bo'yicha so'mda 64 million so'm atrofida).
• Eng mashhur bo'lgani, kibersportga sarmoya kiritgani bo'ldi. Bendtner kompaniyani ro'yxatdan o'tkazdi va uning maqsadi yoshlarni ushbu yo'nalishda rivojlantirish edi. U 10-20 yildan so'ng kibersport dunyodagi eng katta sport turlaridan biriga aylanishini aytdi. "Men tomonimdan bunga ertaroq bosqichda katta pul sarflamasdan sarmoya kiritmaslik ahmoqlik bo'lardi", – deb qayd etdi sobiq o'yinchi.
U 2022 yilning noyabrida CS:GO bo'yicha Blast Final Fall shou o'yinida harakat qildi, unda "Daniya terma jamoasi" "orzular termasi"ga qarshi o'ynadi. Hisob 6:9 edi, u bilan esa 13:16 – Bendtner to'rt ochko jamg'ardi.
• Daniya terma jamoasining JCH-2022 uchun tarkibi elon qilinishida ishtirok etdi.
Uning o'zi JCH-2010 va Evro-2012da o'ynagan va ikkisida ham gol urgan.
• "Niklas Pranker" shousida suratga tushdi. Daniyalik u erda o'z do'stlari va ko'chadagi tasodifiy insonlar bilan hazil qiladi. "Yakunda barcha kuladi", – imzo. U 2000-yillarning boshida MTV'da chiqqan Eshton Katcherning "Punk'd" teleshousiga o'xshatilgan.
Bendtnerning oltita epizodi allaqachon chiqqan. Ular YouTube'da dan tilida mavjud, ammo syujetni tarjimasiz tushunsa ham bo'ladi, unda Bendtnerning maydondan tashqarida hozirda ko'rinishga egaligini ko'rishingiz mumkin.
Bu huddi u butun hayoti davomida shug'ullanishi mumkin bo'lgan narsadek go'yo.
• Lord shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda ham faol. Bendtnerga obuna bo'lganlar zerikib qolishmaydi.
Ajoyib tatil ham bo'lgan. Masalan, go'zal manzarali joylarda.
Va shunday oddiy uslub.
Ammo, faol tatil ham bo'lib turadi.
Suvda ham, qorda ham.
Yana chiroyli ham.
Va hashamatli ham.
Ha, to'laqonli tatil. Nima, axir bunga haqqi bor.
Bendtner futbol haqida gapirganmi? Ha, ammo kam
Hikoyalarni eslagan. Masalan, "Yuventus"dagi ilk kunlarida jamoadagi sheriklarini izlagan: "Hojatxonada 10 yoki 12 nafar yigitni topdim. Ular qahva ichishdi, suhbatlashishdi, bir-birlari bilan muloqot qilishdi va chekishdi. Bu erda vaqtni ajoyib o'tkazishimni his qildim".
Hikoyalar asosan futbolga taaluqli emas edi. Bendtner kazinoda 400 ming sterlingni deyarli yo'qotgani va pullarni pokerga sarflab yuborganini aytib berdi.
"Hozirda hayotimdagi o'rnim meni qoniqtirmoqda. Hech qaerga shoshmayapman. Reja va qaerga harakatlanishim bo'yicha tushuncham bor. Juda ham mamnunman, menda orzu qilishim mumkin bo'lgan deyarli barcha narsa bor. Futbol endilikda hayotimning bir qismi emasligini hisobga olsak", – dedi u o'tgan yozda Soundvenue'ga bergan intervyusida.
Murabbiylik nima bo'ladi? "40-45 yoshimgacha birinchi klubimni qabul qilib olaman deb o'ylayman", – dedi Bendtner uch yil oldin, ammo hali bu tomonga harakat qilmayotgan go'yo.
35 yoshni qarshi oldi. Yana besh yil kutamizmi?
Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar