Belsa "Lids" bilan shartnomani uzaytirdi
28 may 2019 19:20
Yangiliklar
Belsa "Lids" bilan shartnomani uzaytirdi
CHempionship vakili "Lids Yunayted" jamoasining bosh murabbiyi Marselo Belsa klub bilan kelishuvni uzaytirishga rozi bo'ldi.
Argentinalik mutaxassis 2020 yilga qadar "Lids Yunayted"da qoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida elon qilindi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Belsa CHempionshipda 3-o'rinni kiritgan bo'lsa-da o'tish o'yinida "Derbi Kaunti"ga imkoniyatni boy berdi va APL yo'llanmasidan quruq qoldi.
Fikrlar