Belarus. Futbolchilardan birining jinsini tekshirish so'raldi
13 iyu 2020 21:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581056_original.jpg)
![](/upload/storage/581056_220.jpg)
Belarus. Futbolchilardan birining jinsini tekshirish so'raldi
Bir qator futbolchilar Belarus futbol federaciyasi rahbaridan "Dinamo-BGUFK" ayollar jamoasida to'p tepadigan Simpore Salimataning jinsini tekshirib ko'rishni so'rashdi.
Federaciya rahbari Vladirmir Bazanov nomiga yozilgan xatga 18 nafar futbolchi imzo chekkan. Ular Salimata Simporening jinsini tekshirib, ayollar chempionatida ishtirok etishini tasdiqlash yoki rad etishni so'rashgan.
Federaciya matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur futbolchi Ekvatorial Gvineya va Burkina-Faso ayollar terma jamoalari safida o'nlab xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etgan. U "Dinamo" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tish jarayonida pasport, xalqaro transfer sertifikati va tibbiy malumotnomani taqdim qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar