Bellingem operaciya qilinishi mumkin

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023, 23:10
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem elkasidagi muammolar tufayli jamoaning so'nggi o'yinlarining bir nechtasini o'tkazib yubordi.

Angliyalik futbolchi allaqachon safga qaytgan, ammo uning elkasida muammolar mavjud, buni jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tasdiqlagan.

The Athletic nashrining yozishicha, Bellingem elkasidagi muammodan forig' bo'lish uchun jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi mumkin. Operaciya qachon qilinishi hozircha aniq emas.

"Borussiya"dan "Real"ga o'tganidan so'ng, Jud Bellingem 16 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Real" navbatdagi o'yinini 2 dekabr kuni o'z maydonida "Granada"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic