"Bellingem maydonda juda etuk ko'rinadi" - Klopp
26 dek 2022 12:57
Yangiliklar


"Bellingem maydonda juda etuk ko'rinadi" - Klopp
Avvalroq mersisaydliklar futbolchiga asosiy davogarlardan biri ekani xabar qilingandi.
"Bellingem – ajralib turadigan o'yinchi, u Jahon chempionatini ajoyib o'tkazdi. Jud maydonda juda etuk ko'rinadi, go'yo u 19 emas, 28 yoshda. Hamma uning nimalarga qodirligini biladi, lekin moliyaviy jihatdan qanday kelishuv bo'lishini tasavvur ham qila olmayman", – dedi Klopp.
Bellingem 2022/23 yilgi mavsum Dortmundning "Borussiya" jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2022 yilgi Jahon chempionatida u Angliya terma jamoasi safida 5 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt.com portali yarim himoyachining transfer qiymatini 110 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar