Bellingem: "Gol urmaganimga ancha bo'lgandi"
23 okt 2025 16:42
Yangiliklar
Bellingem: "Gol urmaganimga ancha bo'lgandi"
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar Ligasi 3-turidan o'rin olgan "Yuventus" bilan o'yindagi (1:0) g'alaba keltiruvchi goli haqida fikr bildirdi.
"Bu ajoyib tuyg'u, anchadan beri gol ura olmay kelayotgandim. Bo'sh vaqtim ko'p edi va men bu lahzani yana Chempionlar Ligasida — katta jamoaga qarshi o'yinda qilishni orzu qilayotgandim. Uyda g'alaba golini urish — aql bovar qilmaydigan narsa. Men o'zimni qulay his etdim, juda qulay. Yaxshi o'ynash muhim edi va g'alaba golim jamoaga yordam berdi", – dedi 22 yoshli angliyalik xavbek.
Bellingem 2025/26 yilgi mavsum 7 o'yinda 1 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar