Bellingem: "Franciyadan yaxshiroq edik"
11 dek 2022 16:32
Yangiliklar
Bellingem: "Franciyadan yaxshiroq edik"
Angliya termasi futbolchisi Jud Bellingem JCH-2022dagi omadsizlik haqida gapirdi.
"Raqibdan yaxshiroq edik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalana olmadik. O'yinni nazorat qilib turganimizni tushunib turgandik. Ulardan ko'ra ko'proq ustunlikka ega bo'ldik.
Bunday paytda barchasini gollar hal qiladi. Penalti bizning foydamizga bo'lmadi. G'alaba uchun etarlicha o'ynamadik. Bu rost, o'zimizdan xafamiz.
O'z o'yinimizni ko'rsata oldik deb o'ylayman. Himoyamiz raqib yulduzlarini yopib tashlashdi, biz esa raqib darvozasiga yaqinroq joylashdik. Vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi", - dedi Bellingem.
Fikrlar