Bellingem Angliya terma jamoasining eng yosh debyutantlari orasida uchinchi o'rinni egalladi
13 noy 2020 12:10
Yangiliklar


Bellingem Angliya terma jamoasining eng yosh debyutantlari orasida uchinchi o'rinni egalladi
"Borussiya" (Dortmund)ning 17 yoshli yarim himoyachisi Jud Bellingem Angliya terma jamoasining Irlandiyaga qarshi o'yinida ishtirok etdi.
O'yin Angliyaning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, yosh futbolchi esa 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
SHunday qilib Bellingem Angliya terma jamoasida 17 yosh 136 kunligida debyut qildi. Bu terma jamoadagi uchinchi ko'rsatkichdir.
Bunga qadar Teo Uolkott (17 yosh 75 kun) va Ueyn Runi (17 yosh 111) kunligida debyut qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar