Belgiyada SHveciya terma jamoasining ikki muxlisini otib ketishdi
17 okt 2023 01:19
Yangiliklar
Belgiyada SHveciya terma jamoasining ikki muxlisini otib ketishdi
Belgiya terma jamoasiga qarshi bahs kuni Bryusselda SHveciya terma jamoasining ikki muxlisini otib ketishdi.
Malumotlarga ko'ra, 16 oktyabr kuni kechasi Belgiya poytaxti markazida ikki shveciyalik otib ketilgan.
Ayni damda Belgiya va SHveciya terma jamoalari voqea sodir bo'lgan joydan 5 km uzoqlikda - "Qirol Boduen" stadionida o'yin o'tkazishmoqda.
Hozircha bu ikki muxlis o'yin uchun kelganmi yoki yo'qligi malum emas.
Het Laatste Nieuws ning xabar berishicha, bu haqiqatdan ham SHveciya terma jamoasi muxlislari.
Gumonlanuvchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo'lgan, policiya qidiruv ishlarini boshlab yuborgan. Malumotlarga ko'ra, hujum qilgan shaxs arabcha so'zlarni aytib qochib ketgan.
Fikrlar