Belgiya terma jamoasi sardori guruhning ikki o'yinida maydonga tusha olmaydi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 08:29
Belgiya terma jamoasi sardori Vensan Kompani jarohati sabab guruh bosqichining kamida ikkita uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Bu ma'lumotni terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines ham tasdiqladi. Kompani 2 iyun kuni Portugaliyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Asosiy himoyachilardan yana biri Tomas Vermalen ham jarohatini davolash bilan band bo'lmoqda.

Belgiya terma jamoasi guruh bosqichining ilk o'yinini ertaga, 18 iyun kuni Sochi shahrida Panamaga qarshi o'tkazadi. Tunisga qarshi o'yin 23 iyun kuni Moskvada, Angliya bilan uchrashuv esa 28 iyunda Kaliningrad shahrida bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif