So’nggi yangiliklar

22:45ЕЧЛ. "Брест" ва ПСЖ плей-оффда ўзаро тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 22:43ЕЧЛ. Мбаппе, Вини, Беллингем. "Реал"нинг "Манчестер Сити"га қарши таркиби маълум  7 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  1 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  16 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  5 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  1 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  37 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  5 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7 15:11ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Реал" ва бошқа ўйинлар учун УЕФАнинг тахминий таркиблари  67

Belgiya Ruminiyani mag'lub etdi va turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Guruhdagilarning barchasida uchtadan ochko bor Yangiliklar

Belgiya Ruminiyani mag'lub etdi va turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Guruhdagilarning barchasida uchtadan ochko bor

Evro-2024 "E" guruhi 2-tur doirasidagi Belgiya - Ruminiya o'yini yakunlandi.

Belgiya - Ruminiya 2:0 

Gol: 2 - Yuri Tilemans (Lukaku), 80 - Kevin de Bryuyne (Kun Kastels)

Belgiya – Kastels, Kastan, Vertongen, Fas, Teate (Debast, 77), de Bryuyne, Tilemans (Mangalya, 72), Onana, Lukebakio (Trossard, 56), Doku (Karrasko, 72), Lukaku.

Rumyniya – Nice, Raciu (Soresku, 90), Burke, Dregushin, Banku, Stanchu, Marin, Marin (Olaru, 68), Man, Dregush (Alibek, 81), Mixeile (Xadji, 68).

Ogohlantirish:
Lukebakio (35), Banku (59), Marin (65).



YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa, "E" guruhidagi barcha jamoalarda uchtadan ochko bo'lmoqda. Hal qiluvchi turda, Ukraina Belgiyaga qarshi bahs olib borsa, Ruminiya Slovakiya bilan o'ynaydi

89. Afsus, afsus va yana afsus. Lukaku navbatdagi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi, biroq uning zarbasini yana darvozabon qaytardi

85. Ruminiyaliklarda navbatdagi ajoyib hujum, biroq bugun omad ulardan ochiqchasiga qochmoqda

82. Trossard darvozabon bilan deyarli birga bir chiqqandi, biroq «Arsenal» hujumchisi zarba berish o'rniga pas berdi, uzatmani esa ruminiyalik himoyachi qaytardi

80. GOOOL. Kevin de Bryuyne hisobni o'zgartirmoqda

79. Ruminiya yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, biroq Yanis Xadji ofsayda ekan

77. O'zgarish: Artur Teate o'zini zaxiraga olishlarini so'radi va Tedesko uning o'rniga Zeno Debastni tushirdi

75. Uchrashuv tempi biroz tushgandek, har ikki jamoaning harakatlari sekinlashdi

68. Kastels bekorga Kurtuaning o'rniga Evropa chempionatiga kelmaganini isbotlashga intilmoqda. Man darvozabon bilan birga bir chiqdi va uning zarbasini darvozabon qaytardi

66. Ruminiya darvozabonining hisobiga yana bitta seyv yozib qo'yish mumkin. Lukakuning zarbasini darvozabon qaytardi

65. Gol bekor qilindi. Lukaku ofsaydda qolib ketgan ekan, belgiyalik hujumchi uchun ozgina odam xafa bo'lishni boshlamoqda

63. GOOOL. Lukaku nihoyat gol urmoqda. Assist esa Kevin de Bryuyne

60. Oxiri Ruminiya terma jamoasi azolari ham ogohlantirildi. Nikushor Banku maydon markazidagi qo'polligi uchun ogohlantirildi

57. Mixaylaning bugungi zarbalariga aniqlik etishmayapti. Uning navbatdagi zarbasi ham osmonlar uchib ketdi

56. O'zgarish: Lukebakioning o'rniga Trossard maydonga tushdi

55. Kevin de Bryuynedan navbatdagi ajoyib zarba va yana Ruminiya darvozabonidan seyv

52. Belgiya sardoridan ajoyib zarba, biroq uning super zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

51. Dokuning uzatmasiga Lukaku etib kela olmadi. Belgiya ikkinchi bo'limdagi ilk hujumini tashkil qildi

48. Valentin Mixayla zarbadan boshqa barchasini ajoyib tarzda amalga oshirdi, uning zarbasi juda noaniq chiqdi

46. Ikkinchi bo'limning boshida faol start bilan boshlashdi. Dennis Manning zarbasini darvozabon ushlab oldi

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Andrey Burkening boshi bilan yo'llagan zarbasi juda noaniq chiqdi

43. Kevin de Bryuyne darvozabon bilan deyarli birga bir chiqqandi, biroq uning zarbasi juda sekin chiqdi

38. Kevining burchakdan uzatgan to'pi Lukakuning oldidan o'tib ketdi va Ruminiya termasi qarshi hujum tashkil qildi, biroq darvozabon o'z o'rnida

35. Ogohlantirish: Dodi Lukebakio uchrashuvdagi birinchi sariq kartochka muallifiga aylandi. Uning «Evro»dagi sariqlar soni ikkitaga etdi va belgiyalik futbolchi Ukrainaga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi

31. Burchak zarbasidan so'ng Dokuning o'zi to'pni oldi va zarba yo'lladi, Ruminiya darvozabonidan navbatdagi super seyv

30. Doku qanotda yaxshi harakat qildi va jamoasi uchun navbatdagi burchak zarbasini ishlab berdi

24. Ruminiyaliklar tezkor qarshi hujumga o'tgandi, biroq zarbani himoyachilar qaytarishmoqda

21. Valentin Mixaylaning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda uzoqlarga ketdi

19. Dodi Lukebakioning super zarbasiga javoban Florin Nice super seyv bilan javob qaytardi. Bugungi bahsda ham Belgiya termasida juda ko'p imkoniyatlar bo'lmoqda. Hozircha ular bittagina gol urishdi



13. Lukaku Husanov uslubida tanasi bilan raqibni «uchirib» yubordi va zarba yo'lladi, biroq boshqa bir himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi

11. Doku qanotdan kirib bordi va to'pni Tilemansga uzatdi, bu safar ham «Aston Villa» azosiga tepish imkoni berilmoqda. Hozircha ruminlar aynan shu yarim himoyachini yopishda qiyinchilikka uchrashumoqda

10. Dastlabki besh daqiqa jamoalar juda faol harakat qilishdi, hozirga kelib esa asta sekin taktik futbol boshlanmoqda

5. Radu Dragusinning boshi bilan yo'llagan aniq va xavfli zarbasini Belgiya darvozaboni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

2. GOOOL. Belgiyaliklar o'tgan uchrashuvdagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarganga o'xshaydi. Lukakudan ajoyib assist va Yuri Tilemans ajoyib gol

UCHRASHUV BOSHLANDI !

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика