Belgiya chempionatida darvozabon 90+6 daqiqada gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi
22 noy 2020 20:01
Yangiliklar
Belgiya chempionatida darvozabon 90+6 daqiqada gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi
Belgiya chempionati 13-turida “Standart” o'z maydonida “Eypen”ni qabul qilib, jangavor durang o'ynadi.
O'yinning kulminacion nuqtasi asosiy bo'limga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda yuz berdi.
90+6 daqiqada hisobda ortda borayotgan mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishga ega bo'lishdi, raqib maydoniga “Standart” kiperi Arno Bodar ham etib keldi va qulay imkoniyatga ega bo'lishi bilan darvozaga zarba yo'llab, gol urdi. SHu tariqa, 22 yoshli darvozabon jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. U o'yin davomida 3 ta seyvni ham amalga oshirdi.
HELD | Doelman Arnaud Bodart bezorgde @standard_rscl nog een punt met een late gelijkmaker in blessuretijd! #STAEUP pic.twitter.com/o6sUNaqRk6
— Eleven Sports (NL) (@ElevenSportsBEn) November 21, 2020
Fikrlar