Belerin ijara asosida "Sporting"ga o'tishga yaqin
30 jan 2023 14:52
Yangiliklar
Belerin ijara asosida "Sporting"ga o'tishga yaqin
"Barselona" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"The Athletic" xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida "Sporting"ga o'tishga yaqin turibdi. U "Tottenxem"ga o'tayotgan Pedro Porroga o'rinbosar bo'ladi.
Lissabonliklar dastlab "Brayton"dan Tarik Lempti bilan shartnoma imzolamoqchi edi, lekin uni sotib olishga qurbi etmadi, APL klubi esa 22 yoshli futbolchini ijaraga berishdan bosh tortdi.
27 yoshli Belerin –"Barselona" tarbiyalanuvchisi. U 2011 yilda klubni tark etgan va 2022 yilning yozida erkin agent sifatida qaytgan.
"Ko'k-anorranglilar" 47 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida joylashgan. "Real" 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikrlar