So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  109 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Belarus. "Energetik-BGU" mag'lub bo'ldi va 4-o'ringa tushib ketdi Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" mag'lub bo'ldi va 4-o'ringa tushib ketdi

Belarus chempionatining 12-turidan o'rin olgan "SHaxter" Soligorsk – "Energetik-BGU" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"SHaxter" Soligorsk – "Energetik-BGU" 1:0

"Stroitel"

Gol: Lisakovich (12).

"SHaxter" Soligorsk –  Gutor, Burko, Antich, Xadarkevich, Sachivko, Szoke, Selyava (Bodul, 69), Ivanovich (Podstrelov, 46), Balanovich, Kendysh, Lisakovich (Diasamidze, 85).

"Energetik-BGU" – Sadovskiy, Mavatu, Miroshnikov, SHkurdyuk, Svirepa, Tve, Umarov (Sovpel, 46), Girs, Bakich, Yaxshiboev, Nosko.

Ogohlantirish: Burko (30), Bakich (51), SHkurdyuk (83).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Energetik-BGU" qulay imkoniyatdan foydalana olmadi va aksincha 4-o'ringa tushib ketdi. 

90+2. Mezbonlarda burchak zarbasi vaqt cho'zish uchun ishlatildi.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAAA!!! Szokening kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

86. UXXXX!!! Afsuslansa bo'ladi!!! YAXshiboevning pasidan keyin Bakich darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Hujumchining zarbasini posbon qahramonlarcha qaytardi!

85. Xavfli vaziyat! Bodul oshirgan to'pni Lisakovich darvoza tomon yo'lladi. Noaniq. Umuman olganda BGU himoyadan chiqa olmayapti.

83. SHkurdyuk ogohlantirildi. "SHaxtyor"da jarima zarbasi.

80. Bodul deyarli birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Deyarli gol deb turgandik. Yaxshiki offsayd qayd etildi.

78. ZARBAAAAA!!! Yaxshiboevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

77. Yo'q, jarima zarbasi jonli devordan o'tmadi.

76. UXXX!! YAXshiboev jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi. Mezbonlarda juda ham qulay vaziyat!

74. O'yin yana markazga ko'chdi. Ammo hali ham mezbonlarning ustunligi bor.

70. YANA BIR VAZIYAT! Bodul bu safar birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Himoyachi to'pni qaytarib yubordi.

68. UXXXXXX!!! Sal qoldi! Lisakovich darvozabonni ham aldab o'tgandi. Ammo o'tkir burchakka o'tib ketdi. SHu boisdan bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

64. ZARBAAAAAA!!! Svirepa kutilmaganda 20 metrlardan kuchli zarba yo'lladi. Biroq noaniq. So'nggi daqiqalarda o'yin sokinlashgandi.

59. Noskoning chiroyli to'p uzatishidan keyin Yaxshiboev baland bo'yli raqibi bilan to'p uchun kurashda g'alabaga erishib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Gutor to'pni ushlab oldi.

57. Olg'a, "Energetik-BGU"! G'alaba kerak! Turnir jadvalida yuqori o'rindagi jamoaga yaqinlashib olish uchun qulay imkoniyat. BATE durang o'ynadi, "Torpedo" ham. Ayni damda onlayn turnir jadvalida "SHaxtyor" "Energetik-BGU"dan o'tib ketdi.

55. ZARBAAAAA!!! Yaxshiboev kutilmaganda darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Gutor to'pni qaytardi.

52. "SHaxter" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Selyavaning chap qanotdan uzatgan ajoyib pasini Lisakovich to'xtatishga to'xtatdi-yu, havodagi to'pni Mavatu ilib ketdi.

50. Ikkinchi bo'lim starti ham birinchisinikiga o'xshash. Mezbonlar yana hujumda.

46. Ikkinchi bo'lim starti oldidan o'zgarish bo'ldi. Unda SHaxboz Umarov o'z joyini Sovpelga bo'shatib berdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Uchrashuvning birinchi bo'limi 1:0 hisobida yakunlandi. Umid qilamizki, BGU g'alabaga erishadi va Evropa ligasi yo'llanmasini taqdim qiladigan 2-pog'ona uchun kurashni davom ettiradi.

44. Yaxshiboev bugunning o'zida uchinchi marta burchakdan darvozaga to'pni tepdi. Faqatgina birinchisi darvoza tomon aniq bordi, qolganlari esa noaniq ketdi.

41. Umarov ham qanotini o'zgartirdi. Yaxshiboev esa markazga ko'chdi. SHaxbozning havolatib raqib jarima maydonchasiga uzatgan to'pini posbon ushlab oldi.

38. Yaxshiboev va Mavatu qanotlarini almashib olishdi. Hozircha ikki tomon ham faol emas.

35. UXXXX!!! Dahshat vaziyat!!! Barchamizni bir nuqtaga qaratib qo'ydi. Lisakovich BGU himoyasining pala-partishligidan foydalanib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va Kuarejma uslubida zarba yo'lladi. Darvozaga kirib ketayotgandek edi to'p, to'pga Selyava ham tashlandi. Ammo to'p ustunga tegdi va o'yinga qaytdi. Mezbon futbolchilar ketma-ket 4 marta zarba yo'llashdi, himoyachilar havfni bartaraf etishdi.

32. Yaxshiboev bu safar fol ishlatib, jamoasi hujumini to'xtatdi. Hamyurtimiz "har tomonlama" faol o'ynamoqda.

30. Uchrashuv boshidan Burko juda ham qattiq o'ynamoqda. Bu safar u Mavatuning oyog'ini bosdi va sariq kartochka ishlab oldi. Ammo joyida aybini tan olib, raqibidan kechirim so'rab qo'ydi.

28. Noskoning pasidan keyin Bakich boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

26. Lisakovich 5 metrlik "fora" bilan Svirepadan o'tib ketdi va markazdan zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni qaytardi va burchak to'pidan mezbonlar samara chiqara olishmadi.

24. ZARBAAAAA!!! Yaxshiboev burchakdan to'g'ri darvozaga to'pni tepdi. Darvozabon to'pni qiyinchilik bilan qaytardi. Bu pallada unga nisbatan Bakich qoidani buzdi.

22. O'yin endi markazga ko'chdi. Ikki jamoaning ham hujumlari o'xshamayapti.

20. Yaxshiboevning kuchli zarbasi tribunadan ham o'tib, stadion hududidan chiqib ketdi.

18. EXXXX!!! Hisob tenglashgandi. Jasur Yaxshiboev jarima maydonchasi atrofida to'pni chiroyli tarzda ikki futbolchining orasidan o'tkazib, Bakichga oshirgandi. U gol urdi, biroq offsaydda qolib ketdi.

17. "SHaxtyor" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Bo'yiuzunlar jangida g'olib bo'lgan Lisakovich havodagi kurashda Miroshnikovga qarshi qoidani buzdi.

15. Burko chap qanotda Tvening qo'lini bosib oldi. Franciyalik futbolchi tibbiy yordam olmoqda. O'yin esa "Energetik-BGU" maydonida davom etmoqda.

12. GOL! Mehmonlar himoyasidagi xatodan keyin Lisakovich hisobni ochdi! 1:0

11. Mezbon jamoa tarkibi asosan yoshi o'tgan futbolchilardan tashkil topgandek. Maydonda huddi amaki-jiyanlar o'ynayotgandek ko'rinmoqda.

9. Umarovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan pasini bu safar "SHaxter" futbolchilari qaytarib yuborishdi.

7. Uchrashuvning ilk daqiqalari biz ko'nikmagan tarzda o'tmoqda. BGU himoyada.

5. BGU hujumga o'tishga urundi. Ammo Yaxshiboev to'pni offsayddan egallagani uchun hujum to'xtab qoldi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Hurmatli futbol muxlislari! Bugun "Energetik-BGU"da ajoyib imkoniyat bor. Jamoaning ikki ashaddiy raqibi ochko yo'qotdi. Endi BGU 2-o'ringa mustahkam joylashib olib, BATE bilan farqni 1 ochkogacha qisqartirishi mumkin.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика