Belarus chempionatining ochilish uchrashuvi. Yaxshiboev va Umarov jamoasi BATEga qarshi o'ynaydi
19 mar 2020 12:09
Yangiliklar
Belarus chempionatining ochilish uchrashuvi. Yaxshiboev va Umarov jamoasi BATEga qarshi o'ynaydi
Bugun Belarus Premer-ligasiga start beriladi.
"Energetik-BGU" Belarus chempionatining yangi mavsumidagi ilk o'yinini BATEga qarshi o'tkazadi.
Etiborlisi, ochilish uchrashuvida mezbonlar tarkibida hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev va SHahboz Umarovlar to'p tepishadi.
Belarus klubi Jasur Yaxshiboevni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgan bo'lsa, SHahboz Umarov bilan ham mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolagan.
"Energetik-BGU" va BATE jamoalari o'rtasidagi Belarus chempionatining yangi mavsum ochilish o'yini Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
08:52
Legionerimiz jarohat sababli O'zbekiston MTJning sentyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi 8
Fikrlar