So’nggi yangiliklar

01:22Каррагер "Ливерпул" трансферлари ҳақида: "Одатда бундай ишни "Реал" қиларди"  1 00:45Хулиан Альварес "Арсенал" билан ўйин олдидан: "Атлетико" исталган жамоани мағлуб эта олади"  0 00:15Ла Лига ўз футболчиларига таҳдид қилди  0 23:51Картабиа: "Ўтган йилдан фарқли равишда "Насаф" билан бошқа турнирда тўқнашамиз"  0 23:30ФОТОГАЛЕРЕЯ. Пролига. "Олимпик-MobiUz" – "Арал" 3:1  0 23:22ОФК Элит ЧЛ. "Тракторсози" меҳмонда 5 та гол урди, "Ал Иттиҳод" ҳам йирик ғалабани тантана қилди  0 22:48Рўзиқул Бердиев: "Эртанги ўйинга тўлиқ тайёрмиз"  5 22:32Паулу Соуза: "'Насафни яхши биламиз. Улар ҳозиргача кўпроқ очко тўплашга лойиқ эди"  0 22:19Аморим – сўнгги 5 мавсумда АПЛда "Ливерпуль" ва "Сити"ни меҳмонда мағлуб этган ягона мураббий  1 22:04Мундиалга тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон U-17 Венесуэла билан дуранг ўйнади  1 21:46Неъматулла Қуттибоев: "Энди ҳар бир ўйин биз учун финалга тенг"  3 20:59Фарҳод Нишонов: "2:0дан сўнг йигитлар бироз бўшашишди"  0 20:36Суперлига. 26-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  5 20:13Ҳарри Кейн орзусидаги жамоани тузди  17 20:04Рой Кин: "Агар "Манчестер Юнайтед" бугунгидек ўйнаса, Аморим яна 3 йил ишлайди"  0

Belarus chempionati saviyasi, SHomurodov, "Nasaf", Abduqodir Husanov va Husniddin Aliqulov tandemi haqida - Bobir Abdixoliqov bilan intervyu Yangiliklar

Belarus chempionati saviyasi, SHomurodov, "Nasaf", Abduqodir Husanov va Husniddin Aliqulov tandemi haqida - Bobir Abdixoliqov bilan intervyu

2022 yilgi mavsum Belarus chempionatida 26ta gol urib, to'purar bo'lgan o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov championat.asia saytiga intervyu berdi.

Bobir Abdixoliqov yakunlanayotgan yil Belarus chempionatining "Eng yaxshi futbolchisi", "Eng yaxshi to'purar", "Eng yaxshi hujumchi" deb topildi. Bundan tashqari Belarus chempionatining yil ramziy terma jamoasidan ham joy oldi.




- Ko'p muxlislar Belarus chempionati saviyasi O'zbekiston Pro ligasi darajasi bilan teng deb hisoblaydi. O'sha erda faoliyat olib borgan futbolchi sifatida daraja haqida nima deya olasiz?
- Agar o'zbek futboli bilan taqqoslasak bizda ko'proq to'p bilan harakat qiladi, ko'p jamoalar to'psiz o'ynamaydi. Belarus chempionatida esa asosan to'psiz harakat qilish kerak, pressing, raqiblar bilan kurash va boshqalar. Butun dunyoda futbol o'zgardiku, Evropada pressing va to'psiz yaxshiroq o'ynagan jamoa yutib ketmoqda. Keyin stadionlar va translyaciyaga qarab Belarus chempionati saviyasini past deyish noto'g'ri. Belarusda yilning ko'p vaqtida sovuq havo hukmronlik qiladi. SHu bois maydonlarni ushlab turish qiyin va suniy maydonlarga talab katta. Pro liga bilan tenglashtirish juda noto'g'ri fikr.

- Yaqin orada "Nasaf"ga qaytishingiz mumkinmi?
- Yo'q, yaqin yillar O'zbekistonga qaytmasam kerak. Menga chetda futbol o'ynash juda yoqdi. Evropaga yaqinroq bo'lgani uchun Belarus futboli menga yoqdi. U erda ko'p narsa professional tarzda bajariladi.

- SHotlandiya chempionatida o'ynash niyatim bor degansiz. SHunday niyat rostan bormidi? Qaysidir klubdan taklif tushdimi?
- SHotlandiyada o'ynash niyatim bor edi, nega? Sababi bu erda 1 yil o'ynasangiz Angliya klubiga bemalol o'tishingiz mumkin ekan. Dunyoning eng kuchli chempionati hisoblangan Angliya premer-ligasida o'ynash mening eng katta orzularimdan biri.

- Belarusda deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritdingiz. O'zbekistonda yil laureatlarini taqdirlash marosimida etirof etilmaganingizdan xafa bo'ldingizmi?
- Yo'q xafa bo'lmadim. Etibor qilib yurmayman. CHunki ortda qolgan 2 yilda o'zgardim. Oldingi Bobir va hozirgi Bobir o'rtasida farq bor. Oldin etibor qilardim, hozir yo'q. O'zimni ishimni qilaman va oldimga qo'yilgan maqsad sari intilishda davom etaman.

- "Energetik-BGU" bilan shartnomangiz tugadi. Sovrinlarni olib keldingizmi?
- Yo'q. CHunki sovrinlar men o'ylaganimdan ko'proq va og'irroq ekan (kuladi). Bir o'zim qaytganim uchun sovrinlarni olib kelib juda noqulaylik qildi. Tez orada pochta orqali O'zbekistonga etib keladi.

- Eldor SHomurodov haqida fikringiz qanday?
- To'g'risi uning darajasi darrov seziladi. SHomurodovdan o'rganadigan narsalar ko'p. Bir hafta mashg'ulot o'tkazdik va o'zimga kerakli jihatlarini olishga intildim. Uning Qozog'iston bilan bahsda urgan golini qarang, ikki himoyachidan qochib ketib gol urish, bu daraja baland ekanini ko'rsatib turibdi.

- "Energetik-BGU" safida o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham o'ynamoqda. 2004 yilda tug'ilgan futbolchi yil so'nggida Belarus chempionati ramziy terma jamoasidan ham joy oldi. Unga qanday tarif berasiz?
- Abduqodir mendan oldin "Energetik-BGU"ga borgan, adashmasam 2 yildan buyon o'sha erda. Potenciali juda yuqori, yaqin orada bunday himoyachini ko'rmagandim. Husniddin Aliqulov bilan birga juda zo'r tandem bo'ladi deb o'ylayman. Hali ancha yosh, kuch jihatdan baquvvat, o'yinni o'qishi va himoyachilarga kerakli hamma sifatlar Abduqodirda bor. Yaqin yillarda uni milliy terma jamoada ham kutaman. Aytganimdek Husniddin bilan zo'r tandem bo'lsa kerak.

- Ayni paytda erkin agentga aylandingiz. Qaysi klublardan takliflar borligini aytmaysiz baribir, hech bo'lmasa qaysi davlat klublari sizga etibor qilganini ayta olasizmi?
- Bu xabar yaqinda chiqqandi. Polsha va Turkiya klublaridan takliflar bor. Yana ko'p klublardan qiziqish bor. Xudo xohlasa o'zimga mos klubni shoshmasdan tanlaymiz.

- Osiyo klublaridan katta maoshli taklif bo'lsa-chi?
- Hozir rostini aytsam o'zimni Evropada sinashda davom etmoqchiman. Imkoniyatim bor, shundan foydalanmoqchiman. Osiyoda o'ynashga hali ulguraman nasib qilsa.

- Sobiq klubingiz "Nasaf" bu yil so'nggi turgacha chempionlik uchun kurashdi, ammo yakunda bronza medali bilan kifoyalandi. "Ajdarlar"ga nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- "Nasaf" bu yil o'z maydonida ko'p durang qayd etdi va ochkolarni yo'qotdi. Bu mavsum oxirida o'z so'zini aytdi. "Energetik" ham mavsum boshida o'z uyimizda musobaqa jadvali pasidagi klublar bilan bahslarda ochkolarni yo'qotdik, oxirida bu bizga ham pand berdi.

- SHaxsan o'zingiz uchun 2022 yilgi O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi kim?
- O'zbekiston Superligasini to'liq kuzata olmadim. Lekin ko'rgan o'yinlarimdan kelib chiqib aytsam - Husniddin Aliqulov. U klubda ham, terma jamoada ham boshqa darajada o'ynadi deb o'ylayman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика