So’nggi yangiliklar

08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида катта интервью берди  0 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  6 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" durang o'ynadi Yangiliklar

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" durang o'ynadi

20-turdan o'rin olgan “Gorodeya” o'yingohidagi bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Gorodeya - Energetik-BGU 1:1

22:00 Gorodeya, Stadion "Gorodeya"

Gollar: 1:0 – 63 Senkevich, 1:1 – 68 Sovpel.

Gorodeya – Dovgyallo, Ignatenko, Garabaev, SHestilovskiy, Yaskovich (Volovich, 12; Sazonovich, 90), Saichich, Bayduk, Pushnyakov, Volovik, Senkevich, Kozel (Arxipov, 82).

Energetik-BGU – Lesko, Sokol, Miroshnikov, SHkurdyuk, Osnov (Mavatu, 46), Bakich, Nosko, Girs, Umarov, Bashilov, Musaxanyan (Sovpel, 46).

Ogohlantirish: Garabaev (25), Osnov (42), SHestilovskiy (43), Nosko (44), Bayduk (67), Volovich (70).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Zo'r o'yin bo'ldi. Mezbonlar darvozasini Dovgyallo qo'riqlamaganida BGU aniq yutardi. Hech qisi yo'q, biroq BGUning g'alabasiz seriyasi 4 o'yinga etdi. Barchaga rahmat. Navbatdagi o'yinlarda ko'rishguncha.

90. Ikkinchi bo'lim BGUning to'liq ustunligi ostida kechmoqda. Bosh hakam o'yinga 1 daqiqagina qo'shib berdi. Nega!???

89. "Gorodeya" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Baydukni Miroshnikov to'xtatdi.

86. ZARBAAAAAA!!! Bakichning boshi bilan yo'llagan zarbasidan keyin Dovgyallo super muper seyv namoyish qildi. Bugun BGUning kuni emas ekan. Bugun Dovgyalloning kuni.

84. UXXXXXX!!! Bayduk qanotdan BGU darvozasi yonigacha keldi va markazdagi Arxipovga to'pni oshirdi. Yaxshiki Sergey to'pni to'xtata olmadi.

83. Bayduk shunday zarba yo'lladiki, regbi darvozasining yuqorisidan ham o'tib ketardi bu to'p...

81. UMAROOOVVV!! Sovpelning qanotdan uzatgan to'piga SHaxboz zarba bergandi. To'p raqibga tegib, maydonni tark etdi.

80. UXXXX!! Baydukning to'p uzatishidan keyin Kozel chalqanchasiga zarba yo'llagandi. Offsayd sabab hujum to'xtadi.

77. Stadionning qorong'uligini qarang. Futbolchilarni tanib olishda juda qiynalyapmiz.

74. Umarov darvozabonni aldab o'tgandi, biroq himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.

73. O'yin sifati borasida BGU bugun raqibidan ustun kelmoqda. Biroq gol urishga kelganda qiyin bo'lyapti. "Gorodeya" himoyada yaxshi o'ynamoqda.

71. Umarovning ortidan yaqqol chalib yiqitishdi. Hakam kartochka ko'rsatmadi. Sariqqa tortadigan vaziyat edi.

68. GOOOOOOOOOOOOLLLL!! Umarovning jarimadan tepgan to'pidan keyin rikoshetlar seriyasi orqali to'p Sovpelga borib tushdi. Vasiliy esa gol urishda qiynalmadi. 




67. UXXXXXXXXXXX!!! Saychichning boshi bilan bergan zarbasidan keyin to'p Leskoning ustidan darvoza ustuniga tegib, chiziq ustiga tushdi. Lesko to'pni urib yubordi. Hisob 2:0 ko'rinishga kelishi mumkin edi.

66. ZARBAAAAA!!! Umarovning boshi bilan yo'llagan zarbasidan keyin Dovgyallo super seyv namoyish qildi. Bakich esa to'pni darvozabonga berib qo'ydi. Yana bir vaziyat ko'kka sovurildi.

63. GOL! Lesko to'pni qaytarishda xatolikka yo'l qo'ydi. Natijada bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilishda Senkevich qiynalmadi.



62. Saychich baland sakrab noqulay holatda Lesko darvozasi tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

60. Malumot o'rnida. BGUning so'nggi g'alabasi BATE maydonida qo'lga kiritildi. SHundan keyingi 3 o'yinda faqatgina mag'lubiyat qayd etilmoqda. "Gorodeya" turnir jadvalida 13, BGU esa 6-o'rinda bormoqda.

59. ZARBAAAAA!! Umarovning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini Dovgyallo qaytardi!

56. BAKIIICHCHCH!! Bir raqibini oyoqlari orasidan to'pni olib o'tib, zarba poziciyasiga kirib kelayotgandi. Kichik laxza zarbaga etmay qoldi.

54. ZARBAAAAAAA!! Saychichning jarimadan yo'llagan xavfli zarbasini Lesko qaytardi!

53. Jarima maydonchasi yonginasida Miroshnikov raqibini yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi. Saychich to'p oldida. Juda havfli standart.

52. ZARBAAAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pga Kozel boshi bilan biroz noaniq zarba yo'lladi.

51. Saychichining bu safargi zarbasi Noskoga tegib, burchakka chiqib ketdi.

49. Umarovning zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi.

48. UXXXXX!! Qanotdan uzatilgan to'p bir himoyachiga, keyin ikkinchi himoyachiga tegib, kutilmaganda darvoza to'siniga tegib, burchakka chiqib ketdi.

47. Bakich qulay nuqtaga chiqib, zarba bermoqchi edi. Biroq u offsaydda qolib ketgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- "Gorodeya" stadioniga qaytamiz. Jamoalar stadionga chiqib kelishgan.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Juda asabiy o'tdi. Umid qilamizki, 2-bo'limda BGU bo'sh qolgan darvozaga gol ura oladi.

45+1. Nima balo bo'lyapti. Jin urmaganmi. Umarovning to'p uzatishidan keyin Nosko qulay holatda darvozaga zarba yo'llay olmadi. 

1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Umarov 30 metrlardan jarimadan zarba yo'lladi. Dovgyalo to'pni ushlab oldi.

43. Umarov yiqitildi. BGUda standart vaziyat.

40. EXXXX!! Bakichning qanotdan uzatgan to'pini bo'sh darvozaga joylab qo'yish uchun Osnov etib kela olmadi.

38. UXXXXX!! Mo'jiza BGUni goldan qutqarib qoldi. Burchakdan uzatilgan to'pga Ignatenko boshi bilan zarba yo'lladi. To'p Leskoning oyog'iga tegib, o'yinga qaytdi. Uxxx! Qaynoq nuqta bo'lishi mumkin edi. 

34. Lesko darvozasi tomon ilk zarba. Noskoning himoyadagi xatosidan keyin Saychich ohista zarba yo'lladi. Lesko qiynalmadi.

32. MIRSHONIKOOOOOVVVV!! Jarimadan uzatilgan to'p Saychichga borib tushdi. Darvoza bilan farq bir metr edi. Agarda Miroshnikov to'pni qaytarmaganida gol bo'lishi katta ehtimol...

31. Nosko hujumga o'tib ketayotgan Senkevichni yiqitdi. Mezbonlarda standart.

29. Tashabbus hali ham BGU tomonida. Gol kerak yigitlar.

26. ZARBAAAAAAA!!! UMAROOOVVVV!!! Pasdan keyin hamyurtimiz raqibidan qochib ketdi va noqulay nuqtadan zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

23. UXXXXXX!!! Umarov to'pni shunday oshiryaptiki, bo'sh qolgan darvoza ishg'ol qilinmayapti. Faqatgina SHaxboz jon kuydirmoqda jamoa uchun... Hech qisi yo'q.

21. Umarov darvoza yaqiniga to'pni uzatgandi. Himoyachi to'pni qaytardi. Umarov Bakichga yaqinroqqa ochil deb baqirdi. To'g'risiyamda, Inesta ham bu pallada to'pni Bakichga etkazib bera olmasdi.

20. EXXX!! Umarooovvvv!! Ikki raqibini "laycha" qilib tashladi. Istaganicha aldadi, biroq zarbagacha olib bormadi.

18. BGUda burchak zarbasi. Umuman olganda jamoa yaxshi o'ynayapti.

16. SHarhlovchi: "Yaxshibaev ushel, komanda priexal"... No comment.

15. Sokol BGU jarima maydonchasi ichida Kozelni yiqitgandek ko'rindi. Hakam qo'llari bilan "Yo'q, penalti" deb ko'rsatdi.

12. Tezkor o'zgarish. Jarohatlangan Yaskovich o'rniga Volovich maydonga tushdi.

11. Umarov Zaychichni yiqitdi. Ungacha BGU yaxshi hujum tashkil qilayotgandi.

8. SHkurdyukning chiroyli pasini Umarov to'g'ri to'xtata olganida u raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib ketardi.

6. UXXXXX!! Juda xavfli vaziyat, no'noq yakun. Pushnyakov ikki raqibini aldab o'tib, 15 metrlardan zarba berdi. To'p autga ketdi.

4. Umarovning burchakdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

1. ZARBAAAAAAAAA!! 40-soniyadayoq hisob ochilishi mumkin edi. Umarovning o'ng qanotdan uzatgan pasiga Bakich boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabondan super seyv!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Stadion uzra Belarus davlati madxiyasi yangramoqda.

- Demak jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Barchangizni "Gorodeya" stadioniga taklif etamiz. Bugun ushbu stadionda hamyurtimiz SHaxboz Umarov harakat qilayotgan "Energetik-BGU" mehmon bo'ladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика