Belarus chempionati. "Energetik-BGU" Jodinoga safar uyushtirib, yirik hisobda mag'lub bo'ldi
12 avg 2022 21:52
Yangiliklar


Belarus chempionati. "Energetik-BGU" Jodinoga safar uyushtirib, yirik hisobda mag'lub bo'ldi
"Energetik-BGU" safarda "Torpedo-BelAZ" bilan to'qnash keldi.
Mezbonlarning birinchi hujumi gol bilan yakunlandi. Nikita Packo hisobni ochdi va taym 1:0 hisobida tugadi.
59-daqiqada Evgeniy SHevchenko hisobni oshirdi – 2:0. 74-daqiqaga kelib SHevchenko o'zining ikkinchi, jamoasining esa uchinchi golini urdi – 3:0. 81-daqiqada Aleksey Antilevskiy hisobni yiriklashtirdi – 4:0.
Himoyachi Abduqodir Husanov 84 daqiqa va hujumchi Bobir Abdixoliqov esa 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Torpedo-BelAZ – Energetik-BGU 4:0
«Torpedo»
Gollar: 1:0 – 9 Packo, 2:0 – 59 SHevchenko, 3:0 – 74 SHevchenko, 4:0 – 81 Antilevskiy.
Torpedo-BelAZ – Ustinov, Burko, Dudar, Zaleskiy (CHij, 88), Premudrov, Pobudey (Kovalev, 84), Packo (Berezkin, 80), Makarov (Michelkin, 90), Myakish, SHevchenko, Gorbachik (Antilevskiy, 71).
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik (Kokaev, 63), Gvaradze (Pliev , 46), Pashevich (Rilach, 78), Silinskiy, Husanov (Turich, 84), Abdixoliqov, Papariga (CHul, 63).
Ogohlantirishlar: Lavrik (56), Pliev (73).
Turnir jadvali
O’xshash yangiliklar

Fikrlar