So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Belarus. Yaxshiboev xet-trik va assist qayd etgan o'yinda "SHaxtyor" yirik hisobdagi g'alabaga erishdi Yangiliklar

Belarus. Yaxshiboev xet-trik va assist qayd etgan o'yinda "SHaxtyor" yirik hisobdagi g'alabaga erishdi

Belarus chempionati doirasidagi "Belshina" - "SHaxtyor Soligorsk" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Belshina" - "SHaxtyor Soligorsk" 1:5

Gollar: Yaxshiboev (58, 63, 81), Szoke (75, Yaxshiboev), Gendish (86), Levickiy (90+2).

"Belshina": Xaritonovich, Kovalevskiy, Kirisov, Kuchinskiy (Yasyukevich, 79), Odeoibo, Sazonovich, Glebko, Rekish, Salimov, Solanovich (Levickiy, 67), Kovel (Butakov, 85).

"SHaxtyor": Gutor, Begunov (Burko, 87), Antich, Xadarkevich, Szoke, Selyava, Kendysh, Podstrelov, Yaxshiboev (Bodul, 85), Kabananga (Arxipov, 79), Santos.

Ogohlantirish: Kovalevskiy (23), Santos (48), Glebko (67).

CHetlatish:

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Jasurdan xet-trik hamda assist!

90+2. GOL! Levickiyning zarbasi bir necha rikoshetlar hosil qilib, golga ayclandi.

2 daqiqa qo'shib berildi.

88. Kovalevskiyning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

86. GOOOOOOOOOLLLL!!! GENDISHSHSHSH!!! Super gol!!! SHunchaki gap so'z bo'lishi mumkin emas!

85. Uchta gol urgan Jasur almashtirildi. U keyingi o'yinga ham kerak ;)

81. GOOOOOOOLLLL!!! XET-TRIKKKK!!! Podstrelovning pasidan keyin Jasur uchinchi  golini nishonlamoqda!

77. EXXXX!!! Yaxshiboevning to'pini "o'g'irlab" ketgan Podstrelov birga bir vaziyatni ko'kka sovurdi.

75. GOOOOOOOLLLL!!! Yaxshiboevning pasidan keyin Szoke hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi!!

74. ZARBAAAAA!!! Hisob qisqarishi mumkin edi!!! Levickiy qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

72. Diegoning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

69. "Belshina"ning xavfli hujumini Kendish qaytarib yubordi.

63. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Yaxshiboev birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!!

62. "SHaxtyor"ning o'yini ochildi. Yaxshiboevning ajoyib pasidan keyin Diego raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borayotgandi. Xaritonovich ushlab oldi.

60. ZARBAAAAAAA!!! YANA ZARBAAAAA!!! Xaritonovich avvaliga Szoke, keyinchalik Yaxshiboevning zarbasini qaytardi. Bir necha soniya ichida dabl seyv!

58. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Yaxshiboevning jarimadan yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytara olmadi!!!

56. ZARBAAAAAAAAA!!! Yaxshiboev markazda to'pni egallab olib, bir necha raqiblarini aldab o'tib, "Belshina" darvozasini nishonga oldi. Noaniq.

50. ZARBAAAAA!! Xavfli zarba biroz noaniq ketdi.

48. UXXXXXX!!! Begunov qanotida raqibini yiqitdi. Juda xavfli vaziyat bo'lmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Hech qanday o'zgarishlar yo'q.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Diego chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni Yaxshiboevga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytardi.

43. Begunov kichik jarohat oldi. SHu boisdan 1-2 daqiqaga o'yin to'xtab qoldi.

37. Antich chap qanotdan to'pni markazga uzatdi. Ajoyib pas barchadan o'tdi. Biroq Kabananga oddiy vaziyatda to'pni to'xtata olmadi.

35. Yana bir xavfli vaziyat ko'kka sovurildi. Yaxshiboevga oxirgi pallada to'p uzatildi. Jasur ham bir raqibi taqibi ostida to'pni markaz tomon tepdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

33. EXXXXX!! Kabananganing to'p uzatishini Jasur to'xtata olmadi. Kutilmagan pas edi. Jasur ham to'pni o'tib ketganini sezmay qoldi.

32. YAXSHIBOEVVVV!!! Uning zarbasi noaniq ketdi. Umuman olganda buni golga tortadigan vaziyat deb bo'lmaydi. Oddiy "polumoment".

29. "Belshina"ning hujumlari xavfliroq chiqmoqda. Qanotdan uzatilgan to'pni avvaliga Kovel, keyinchalik Solanovich darvozaga yo'llay olmadi. Himoyachilar qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

26. UXX!! Yaxshiboevning zarbasi biroz o'xshamadi. Qanotdan havolatib oshirilgan to'pga u boshi bilan zarba berdi. To'p autga qarab ketib qoldi.

24. "Belshina" hujumga o'tdi. Antich vaziyatni bartaraf etdi. 

20. ZARBAAAAAAAAA!! Antichning jarimadan yo'llagan zarbasini Xaritonovich qiyinchilik bilan qaytardi!!!


19. To'p asosan "SHaxtyor" futbolchilarida bo'lmoqda. Agarda 10-daqiqada Kovel hisobni ochganida barchasi boshqacha kechayotgan bo'lishi mumkin edi.

15. O'yin biroz zerikarli tus olgan. vaziyatlar juda kam.

10. ZARBAAAAAAA!!! KOVELLL!!! Qanotdan erlatib oshirilgan to'pni Leonid darvozaga aniq yo'llay olmadi. O'yindagi ilk golga tortadigan vaziyatni ko'rdik.

9. "Belshina" ham oldinga o'tdi. Burchak zarbasini mehmon himoyachilar qaytarib yubordi.

7. Xavfli vaziyat!!! Yaxshiboevning to'p uzatishidan keyin to'p raqib himoyachisiga tegib, havoga ko'tarildi. Xaritonovich to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Biroq bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilishning iloji bo'lmadi. 

3. Ilk daqiqalardan kichik tashabbus mehmonlar tomonida. Kabananganing zarbasini Xaritonovich ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan "SHaxtyor" ayni damda "Belshina" mehmoni bo'lmoqda. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика