So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

Bekzod Qodirqulov: "O'yin kamida durang natijaga mos edi" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "O'yin kamida durang natijaga mos edi"

Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Xorazm" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo "Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi o'rinda aytishim mumkin, bugun juda yomon o'yin o'tkazdik. Hujum tashkil qilishda kamchiliklarga yo'l qo'ydik. Birinchi bo'limda bir yoki ikkita vaziyat yarata oldik xolos. Raqiblarda ikkita vaziyat yuzaga kelgandi, ular ikkisidan ham foydalanib ketishdi. Bu yigitlarga ruhan tasir ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlarga qo'l urdik, o'yinimiz kuchaydi. Hujumlarni tashkil eta boshladik, lekin yakunlovchi zarbalarda xatoliklarga yo'q qo'ydik. Muxlislardan mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz.

"Xorazm" yaxshi jamoa, ular bilan 3 marta o'ynadik, uyda durang, safarda mag'lubiyat va yana uyda mag'lub bo'ldik. Bu jamoa biz uchun noqulay raqib bo'lib qolayapti. Xato va kamchiliklardan xulosa chiqaramiz. 

- Safardagi mag'lubiyatdan so'ng bugun bu jamoaga qarshi qanday o'zgarishlarni amalga oshirgandingiz?

- O'sha o'yindan farqli ravishda bugun qanotlarda o'zgarishlarga qo'l urdik. Boshqa yigitlarga ham o'ynashga imkon berdik, ular bugun maydonda yomon harakat qilishmadi. Ikkinchi bo'limda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olganimizda o'yin kamida durang natijaga mos bo'lgandi. Xatolar tufayli yutqazdik deb o'ylayman. Futbolda omadning o'rni ham muhim hisoblanadi. 

- Pro-ligada hech bir jamoa quyi ligaga tushib ketmasligi aniq bo'ldi. SHunday vaziyatda jamoaga qanday motivaciya berish mumkin?

- Birinchidan har bir futbolchi professional bo'lishi kerak. O'z ishiga jiddiy yondashish kerak. O'rin ololmaganimiz yoki tushib ketmaganimizga etibor qaratmasdan oxirigacha futbol o'ynash kerak. Motivaciya qanday, hozirdan keyingi mavsumga tayyorgarlikni o'ylashimiz va birinchi o'rinda muxlislar uchun o'ynashimiz kerak. Safar o'yinlarida ham maksimal ishlashimiz kerak. G'alaba qozonish va muxlislarni xursand qilishimiz kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика