So’nggi yangiliklar

16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  0 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  1 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  3 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  7 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  21 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  11

Bekzod Qodirqulov: "Azamat Abduraimovning istefosi? Bu savol rahbariyatga berilgani maqul" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Azamat Abduraimovning istefosi? Bu savol rahbariyatga berilgani maqul"

Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Olimpik"(2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu g'alaba avvalo muxlislarniki, butun Yangier va Sirdaryo viloyatiniki, deb o'ylayman. Kuchli raqib bilan munosib o'ynab g'alaba qozondik. O'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Ikki jamoada ham o'ziga yarasha vaziyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zida 2-3ta gol urishimiz mumkin edi. Bilasiz, "Olimpik" yaxshi ko'zga ko'ringan yigitlardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. SHuning uchun astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Ularning o'yin uslubini o'rganib nazariy mashg'ulotlarda yigitlarga tushuntirgandik. Raqib futbolchisi qizil kartochka olganidan so'ng o'yindagi ustunlik biz tomonga o'tdi. Tajribali futbolchilarning vaziyatlardan foydalana olgani o'z so'zini aytdi. Yozgi transferlar oynasida tajribali futbolchilar o'rniga yosh kelajagi bor ijrochilarni oldik. Bundan maqsad jamoani yoshartirgan holda keyingi mavsumga tayyorlash",- deydi Bekzod Qodirqulov.

- Jamoani Abdumalik Abdullaev kabi tajribali futbolchilar qatorida legionerlar ham tark etdi. Bu moliyaviy holat bilan bog'liqmi? Yoki jamoani yoshartirish uchunmi?
- Jamoada moliyaviy tomondan hammasi yaxshi. Klub prezidenti har tomonlama taminlab turibdi. Maqsad jamoani yoshartirish edi. Birinchi o'yindan yangi kelgan futbolchilar g'alabaga o'z hissasini qo'shdi.

- Davralar oralig'idagi transferlardan o'zingiz qoniqdingizmi?
- Transferlardan yuz foiz qoniqa olmadim. Biz taklif qilgan ikki nafar futbolchi turli sabablarga ko'ra kela olmadi. Lekin ularning o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz.

- Azamat Abduraimovning istefosi tez yuz berdi.Bu nima bilan bog'liq?
- Ushbu savolni klub rahbariyatiga bersangiz maqul bo'lardi.

- Ikkinchi golni urgan Faxriddin Alimov "Dinamo"dan sotib olindimi yoki ijaraga?
- Faxriddin Alimov ijaraga olindi. Agar yilni oxirigacha bizda yaxshi taassurot qoldira olsa, keyingi yilga ham shartnoma qilish ko'zda tutilgan.


Yangiyer

Sheroz Jalolov - 19', Fahriddin Alimov - 83'

PRO liga. 14-tur

04/08/2021, 17:30

0
:
2
Tugadi

Olimpik

45'
90'
19'  Sheroz Jalolov
50'  Bekzod Tolibjonov
65'  Sheroz Jalolov (To'lqin Ergashev)
79'  Doston Meliqo'ziev (Fahriddin Alimov)
79'  Mpako Etame Jerom (Muhammadqodir Rahimberganov)
83'  Fahriddin Alimov
90'  YOdgor Nazarov (SHoxzamon Xayrullaev)
90'  Oybek Ahmatov (Xurshid Asqaraliev)
26'  SHahzod Toirov
46'  SHohjahon Sultonmurodov (Muhammadali G'iyosov)
46'  Talgat Nigmatullin (Eldor Begimov)
61'  Bektemir Abdumannonov (Alisher Odilov)
61'  Otabek Jo'raqo'ziev (Farrux Muxtorov)
77'  Behzod SHamsiev (Lyubomir Bondarenko)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика