Bekxemning o'g'li professional futbolda debyut qildi
20 sen 2021 15:37
Yangiliklar
Bekxemning o'g'li professional futbolda debyut qildi
"Real" va Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Devid Bekxemning o'g'li Romeo Bekxem professional futbolda debyut qildi.
19 yoshli futbolchi mavqei jihatidan uchinchi o'rinda turuvchi USL League One doirasida "Fort Loderdeyl" safida "Tortment"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Romeo o'ng qanot yarim himoya poziciyasida maydonga tushdi. U 19 bor to'pga tegdi va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan o'yinning 79-daqiqasida almashtirildi.
Qayd etish kerakki, "Fort Loderdeyl" - Devid Bekxemga tegishli bo'lgan "Inter Mayami"ning zaxira jamoasidir.
Fikrlar