So’nggi yangiliklar

17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  0 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  1 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  6 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31

"Bekxemga O'zbekistonni tanishtirdim". APLga yo'l olgan Muhammadali O'rinboev bilan eksklyuziv intervyu! Yangiliklar

"Bekxemga O'zbekistonni tanishtirdim". APLga yo'l olgan Muhammadali O'rinboev bilan eksklyuziv intervyu!

Championat.asia sayti "Paxtakor"dan "Brentford"ga yo'l olgan vinger Muhammadali O'rinboev bilan g'oyibona suhbat uyushtirdi.

Xabaringiz bor, "sherlar" tarbiyalanuvchisi "Brentford"ga ijaraga berildi va u 30 yuinga qadar ushbu jamoa sharafini himoya qiladi. Biz 18 yoshli futbolchi bilan bog'landik va o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 



- APLga yo'l olgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi sifatida nimalarni his qilyapsiz?

- Avvalambor, Assalomu alaykum! Meni qo'llab-quvvatlayotgan butun O'zbekiston xalqiga katta rahmat aytaman. Juda ko'plab xabarlar va iliq fikrlarni qabul qilib olyapman. Xudo xohlasa, o'zimni ko'rsatib, o'zbek futbolchisi nimalarga qodirligini ko'rsatishga harakat qilaman. 

- Bu taklif qaerdan paydo bo'ldi? "Brentford" siz haqingizda qanday fikrda?  

- "Brentford" jamoasi vakillari meni yozdan beri terma jamoadagi o'yinlarim orqali kuzatib borayotgan ekan. Bu haqda mening manfaatlarimni himoya qiluvchi agentligim aytgandi. Ushbu xabarni eshitgach, o'z ustimda yanada ko'proq ishlashga harakat qildim. Mana natijasini ko'rib turibsizlar.

- O'tishning moliyaviy shartlari qanaqa bo'ldi?

- Moliyaviy shartlari alo darajada. Barchasi meni qoniqtirdi.



- "Brentford"dagi muhit haqida nimalar deya olasiz? Jamoa mashg'ulotlariga qo'shildingizmi? 

- Ha, mashg'ulotlargi qo'shildim. Hammasi o'ylaganimdan ham yaxshiroq ko'rinmoqda. Bu erda o'z ishining ustalari yig'ilgan. Tartib-intizom birinchi o'rinda turadi va hammaning ishga yondashuvi juda professional. Bu menga juda yoqdi.

- Bilamizki, "Brentford B"da Devid Bekxemning o'g'li, hujumchi Romeo Bekxem o'ynaydi. U bilan tanishib oldingizmi?

- Ha, Romeo Bekxem bilan yaqin do'st bo'lib oldik. Unga O'zbekistonni tanishtirdim va o'zbek tilini o'rgatyapman. Uning oilasini O'zbekistonga taklif qildim. Romeo juda yaxshi yigit. U albatta otasi, Devid Bekxem bilan O'zbekistonga kelishini aytdi.

- Muhammadali, samimiy suhbat uchun rahmat! Angliya klubidagi faoliyatingizda omad tilaymiz!

- Rahmat!

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика