So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Bekobodliklar yana CHirchiqda jamlanishdi Yangiliklar

Bekobodliklar yana CHirchiqda jamlanishdi

Oldin rejalashtirilganidek, Bekobodning “Metallurg” jamoasi futbolchilari ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'zlari uchun qadrdon bo'lib qolgan CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida boshlashdi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan kichik tatilga chiqqan o'yinchilarning barchasi murabbiylar ixtiyoriga etib kelishdi. Rahbariyat tomonidan berilgan malumotlarga ko'ra bu yilgi mavsumda jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmayapti. O'z navbatida bekobodliklar safida to'p surish istagidagi futbolchilar ham Toshkent viloyati industrial markaziga tashrif buyurgan. Biroq Ayubxon No'monov hamda Ruslan Vagapovlar bilan shartnomani rasmiylashtirishga ikkala tomon ham shoshilmayapti. Sababi “Metallurg” jamoasi hali futbolchilari bilan o'tgan yilgi hisob-kitoblarni to'liq amalga oshirib ulgurmagan. SHu bois shartnoma tuzishga ko'rikdagi o'yinchilar shoshilishmayapti desak, mubolag'a bo'lmaydi. Klub rahbariyatining malum qilishicha Yangi yil arafasida soliq to'lovlari bo'yicha qarzlar to'lab bo'lingan. Endi navbat futbolchilar hamda murabbiylar bilan hisob-kitob ishlari. Undan keyin albatta jamoaga qo'shiladigan va uni tark etadigan o'yinchilar bilan bog'liq masalalar ham uzil-kesil oydinlashadi.

Bu yil “Metallurg”ni bir qator faxriy o'yinchilar tark etishi ehtimoli yo'q emas. SHuningdek, avval xabar berganimizdek, jamoa to'purari SHahzodbek Nurmatov bilan Bahraynning “Al Riffa” jamoasi qiziqayapti. O'tgan mavsum sermahsullikda Nurmatovdan qolishmagan Sunnatilla Mamadaliev ham xorij klublaridan biriga ko'rikka ketgan. Jamoa o'zgarishlar haqida muxlislarimizga tez orada yana malumotlar berib boramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика