Bekkenbauer SHvaynshtaygerga "Manchester Yunayted"ga o'tmaslikni maslahat berdi
19 iyu 2015 18:14
Yangiliklar


Bekkenbauer SHvaynshtaygerga "Manchester Yunayted"ga o'tmaslikni maslahat berdi
"Bavariya" faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer myunxenliklar yarim himoyachisi Bastian SHvaynshtaygerga boshqa klubga o'tmaslikni maslahat berdi.
"30 yoshda yangi ligaga ko'nikish qiyin. O'tgan yillar davomida Bastian o'zini ayamay ishladi. Bu izsiz ketmaydi. U MLS kabi tinchroq ligada faoliyatini yakunlashi kerak. Ammo SHvaynini o'rnida "Bavariya"da yana 1-2 yil qolgan bo'lar edim. U hozir ham yuqori darajada to'p tepishga qodir" - deydi Bekkenbauer.

Fikrlar