Bekkenbauer: "Barselona" "Bavariya"ga qarshi o'yinda favorit"
25 apr 2015 10:34
Yangiliklar


Bekkenbauer: "Barselona" "Bavariya"ga qarshi o'yinda favorit"
"Bavariya" faxriy prezidenti Franc Bekkenbauerning hisoblashicha, o'z jamoasi ishtirokidagi CHempionlar ligasi yarim finalida "Barselona" favorit.
"O'lashimcha, bu mavsumdagi CHempionlar ligasida "Barselona" eng kuchli jamoa. SHu sababli ular musobaqa favoriti. "Bavariya" g'alaba qozonishi uchun ikki uchrashuvda ham "Portu" bilan ko'rsatgan o'yinini namoyish qilishi kerak" - deydi Bekkenbauer.
"Barselona" va "Bavariya" o'rtasidagi birinchi uchrashuv 5 may "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 13 mayda o'tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar