Beyl ikki-uch haftaga safdan chiqdi va "Atletiko"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
20 apr 2015 16:41
Yangiliklar


Beyl ikki-uch haftaga safdan chiqdi va "Atletiko"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Garet Beylni ikki-uch hafta maydonga tushira olmaydi.
Uelslik futbolchi 20 aprelda tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning chap oyog'ida jarohat aniqlandi. Beyl 22 aprelda "Qirollik klubi" stadionida bo'lib o'tadigan "Atletiko"ga qarshi CHempionlar ligasi javob uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Mehmondagi birinchi o'yinda gol kiritilmagan edi.

Fikrlar