So’nggi yangiliklar

13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  5 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  4 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  23 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4

BeIN Sports jurnalisti: "Musobaqa davomida Yaponiya, Eron va O'zbekistonni kuzataman" Yangiliklar

BeIN Sports jurnalisti: "Musobaqa davomida Yaponiya, Eron va O'zbekistonni kuzataman"

O'zbekiston - Ummon bahsiga nihoyatda kam vaqt qolmoqda.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun juda muhim kun. CHunki vakillarimiz Osiyo Kubogi-2019 musobaqasidagi ishtirokni boshlaydi. Dastlabki bahs SHarja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi kechadi. Ushbu bahs biz uchun qanchalik muhim ekanini hamma birdek tushunib turibdi. 

"SHarja Stedium"dagi media markazda ish qizg'in. Bu erda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblarimiz o'yinoldi o'z fikrlarini bildirishyapti. SHulardan biri Qatarning BeIN Sports kompaniyasi telejurnalisti Ali Riyah. 2000 yil Livanda o'tkazilgan Osiyo Kubogidan beri muntazam qita birinchiliklarida ishlab kelayotgan Ali Riyah o'z mutaxassisligi bo'yicha katta tajribaga ega. U bilan o'yin oldidan qisqacha suhbat qurdik. 

- Bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Ummon uchrashuvi haqida qanday fikrdasiz?
- Menimcha, bu o'yin ko'proq Ummon uchun qiyin bo'ladi. O'ylaymanki, O'zbekiston termasi unchalik qiyinchilikka duch kelmaydi. CHunki taktika va o'yin tomonlama O'zbekistonni kuchli deb o'ylayman. Menimcha, bu musobaqada O'zbekiston syurpriz taqdim etadigan jamoalardan biri bo'ladi. Natija haqida biron gap aytishim qiyin, negaki ko'p ham bashorat qilmayman. 

- Sizningcha, har ikki jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?
- Ikkala jamoada ham avvalo himoya chizig'i kuchli degan bo'lardim. 

- Bugun himoyaviy o'yin ko'ramizmi?
- Menimcha, ochiq o'yin bo'ladi. Ikala jamoa ham faqat g'alaba uchun o'ynaydi deb o'ylayman. 

- Bugungi bahsda ko'proq qaysi futbolchini kuzatasiz?
- Birinchi navbatda Ignatiy Nesterovni. CHunki ushbu Osiyo Kubogi uning uchun beshinchisi bo'ladi, shu bois mohir darvozabonga alohida etibor qaratmoqchiman. Nesterov beshinchi marta Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan yagona futbolchi, shuning uchun unga alohida etibor beraman. 

- Ektor Kuper qo'l ostida o'tgan bironta uchrashuvni ko'rdingizmi?
- Yo'q, bu birinchisi bo'ladi. Men odatda qita miqyosidagi yirik turnirlarda ishlayman: Osiyo Kubogi, CHempionlar ligasi, yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari. SHu bois o'rtoqlik o'yinlarini kuzatishga ko'p vaqt bo'lmaydi. Kecha o'tkazilgan matbuot anjumanida Ektor Kuper o'yin uslubimizda o'zgarish bo'ladi deb aytdi. Menimcha, jamoangiz bugun hujumkor futbol namoyish etadi. 

- O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi qaysi o'yinlar yodingizda qolgan?
- Iroq bilan kechgan har bir uchrashuvni yaxshi eslay olaman. CHunki men iroqlikman va jamoamiz o'yinlarini qoldirmay ko'rib boraman. Toshkentdagi bellashuvlar ham yodimda qolgan. 

- Toshkentda necha marta bo'lgansiz?
- Juda ko'p. Oxirgi marta 2011 yil borgandim. SHundan beri oradan qariyb 8 yil o'tibdi. 

- Osiyo Kubogi-2007da Iroq terma jamoasi o'ziga xos shov-shuv ko'tarib chempion bo'lgandi. Bu musobaqada ham qaysidir jamoa sensaciya ko'rsata oladimi?
- SHunday bo'lishi mumkin. 1-turdagi o'yinlarni ko'ryapmiz, kim g'alaba qozonishini oldindan aytish qiyin bo'lib qoldi. SHunday ekan, istalgan jamoa yarq etib porlashi mumkin. Bu musobaqada har bir uchrashuv katta ahamiyatga ega. 

- Siz musobaqada davomida kuzatib boradigan uchta jamoa nomini ayta olasizmi?
- (Biroz o'ylanib) Iroqni bu ro'yxatga qo'shmay turamiz, chunki Vatanim jamoasini har doim kuzataman. Boshqa jamoalardan esa Yaponiya, Eron va O'zbekiston ishtirokidagi o'yinlarini ko'rib borishga harakat qilaman. 

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика