"Bein Sports Arabia 8 HD" bugungi o'yinni qanday translyaciya qiladi?
08 sen 2014 16:08
Yangiliklar


"Bein Sports Arabia 8 HD" bugungi o'yinni qanday translyaciya qiladi?
Saytimizda bir oz avval O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvini "Bein Sports Arabia 8 HD" (Afrika va Osiyoning 23 mamlakati, arab davlatlari)va "SKY Sport 3" (Yangi Zelandiya) kanallari to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatishi haqida xabar bergandik.
Bir oz avval bu masala yuzasidan O'FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizaevdan javob oldik. Malum bo'lishicha, O'FFga o'yinni namoyish etish istagi bilan Yangi Zelandiya tomoni murojaat qilgan va ularga ijobiy javob berilgan. "SKY Sport 3" uchrashuvni faqat o'zi namoyish etadi, uni boshqa biror kanalga sotishga haqli emas. 23 arab mamlakatiga o'yinni translyaciya qilishi kutilayotgan "Bein Sports Arabia 8 HD" esa O'FF bilan bog'lanmagan. Bu haqda O'FF xabar beradi. Bu telekanal dasturida bir necha kundan buyon O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi jonli efirda berilishi ko'rsatib o'tilgan. SHu o'rinda ushbu telekanalga translyaciya huquqi qanday va kim tarafidan sotilgani mavhum bo'lib qolmoqda. Ushbu kanal aloqa signalini faqat bizning vakillar tarafdan olishi mumkin. Juda ham qiziq holat, shunday emasmi?

Fikrlar