So’nggi yangiliklar

16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  3 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   1 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  6 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  2 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  5 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  21 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  3 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  10 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  17

Beetibor qolayotgan o'zbek futbolining bayroqdor jamoasi - "Bunyodkor" Yangiliklar

Beetibor qolayotgan o'zbek futbolining bayroqdor jamoasi - "Bunyodkor"

Teglar :  "Bunyodkor"
O'FAda bugun FIFAning talabiga ko'ra "Bunyodkor" 6 ochko olib tashlanishi haqidagi xabar rasman elon qilindi.

O'FAning xabarida yozilishicha, FIFAning sentyabrdagi yuborgan xatiga ko'ra, "Bunyodkor"ning ukrainalik futbolchisi Sergey Simonenko oldidagi qarzi to'lanmagani tufayli klubdan Superligadagi ishtiroki uchun 6 ochkosi olib tashlanishi talab qilingan.

O'FAning yozishicha, "Bunyodkor" futbol klubi mazkur muammoning asosiy sababchisi Sergey Simonenko oldidagi qarzini to'laganligi haqidagi malumotnoma taqdim etilmagan. SHu boisdan ham O'FA FIFA talabini bajarish asnosida PFLga jamoadan 6 ochko olib tashlash kerakligi haqida ogohlantirgan.

"O'FA Ijroiya Qo'mitasi Professional futbol ligasini bugun — 16 noyabr kuni qabul qilingan #17 qarori bilan rasman ogohlantirdi hamda "Bunyodkor" futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qildi. Bu boradagi maktubga tashkilot rasmiy shaxslari imzo chekdi. PFL FIFA tomonidan qo'yilgan ushbu talabni so'zsiz bajarishi, uning matbuot xizmati esa bu haqda jamoatchilikni xabardor etishi kerak bo'ladi", - deyiladi O'FA xabarida.

PFL esa "Bunyodkor"dan rasman 6 ochko olib tashlangani elon qildi.

Xush, endi "Navbahor"ni rasman bronza medallariga ega chiqqani bilan tabriklasa bo'ladi. Buyog'iga "Bunyodkor"da nazariy jihatdan ham uchinchi o'rin uchun kurashish imkoniyati qolmadi.

Ayni paytda "Bunyodkor" hisobida olib tashlangan 6 ochkodan so'ng 18 ochko qoldi va "qaldirg'ochlar"ning turnir jadvalidagi to'rtinchi o'rni ham so'roq ostida.

Qayd etish kerakki, "Bunyodkor"ning eski rahbariyatining yo'l qo'ygan xatosi hozirgi holatda o'zi shundoq ham qiyin ahvolda qolgan "qaldirg'ochlar"ning qanotini qayirib qo'ydi. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida jamoani qiyin ahvolda qabul qilib olgan Mirjalol Qosimov qiyin moliyaviy sharoitda futbolchilarni ruhlantirib, hech qanday ko'tarma yoki mukofot pullarisiz kamida sovrinli o'rinlar uchun mardonavor kurashga tayyorlab keldi.

Hozirga qadar jamoa bronza medallari uchun kurashni davom ettirayotgandi. Keyingi yili jamoa taqdiri nomalum bo'lib turgan bir paytda, futbolchilarni o'yinlarga hech qanday mukofot pullarisiz tayyorlab, ularga qo'shimcha yo'q motivaciyani topib berayotgan, ruhan va taktik tarafdan juda katta hajmdagi ishlarni bajargan Mirjalol Qosimovning qilgan va qilayotgan shuncha mehnatlari birgina qaror tufayli turnir jadvali nuqtai nazaridan  bugun bir pulga aylandi.



Mazkur qaror "Bunyodkor" uchun ikki hissa alamli. SHuncha harakat, butun mavsum tukilgan ter, qiyin sharoitda charxlangan futbolchilarning maqsadlari ko'kka sovurildi. Kamida jamoaning keyingi yili bo'ladimi yoki yo'q, degan savoli ham ochiq qolmoqda.

Yana bir alamli tarafi shundaki, "Bunyodkor" klubi Sergey Simonenkoning maoshini bank kartochkasiga tushirgani aytilmoqda. Ammo bu kartani qaytadan tiklash va maoshini olib ketish uchun futbolchining o'zi yurtimizga kelishi lozim bo'lgan. Bank esa karta egasisiz uni hech kimga qayta tiklab bermaydi. "Bunyodkor" klubi Simonenkoni maoshini berishga tayyor. Biroq futbolchining o'zi va uning agenti bilan bog'lanish uchun qilingan urinishlar besamar ketgan. Pul tayyor, ammo Simonenko yo'q.

FIFA talabini to'g'ri tushunish mumkin. Ammo O'FA Murod Aliev aytganidek o'z klublarini kerak paytda himoya qilishni ham bilishi kerak.

Yana bir alamli tarafi shundaki, o'zbek futbolini yangi darajaga chiqishida ulkan hissa qo'shgan, osiyoda nomimizni baralla aytilishiga sababchi bo'lgan, kuchli raqiblar etirofiga sazovor bo'lgan va o'zini hurmat qildira olgan futbolimizning bayroqdor jamoasi - "Bunyodkor" hozirda beetibor qolmoqda.

Umid qilamiz, "Bunyodkor" klubining taqdiri haqida tez orada turli-xil mish-mishlarga barham beradigan rasmiy bayonot beriladi. Ayni paytda mazkur jamoa qo'llab-quvvatlashga va etiborga juda muhtoj.

O'zbek futbolini yangi darajaga chiqishida, umuman turli xil terma jamoamizga hozirgi kunda  futbolchi etishtirib berishda eng peshqadam jamoalarimizdan biri. Oddiy misol, joriy yil qishda qo'lga kiritilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olibga aylangan terma jamoamizning asosiy o'zagi yosh "qaldirg'ochlar" edi.

O'zbek jamoalari ichida haqiqiy PROFESSIONAL klubga aylangan "Bunyodkor" bu borada ham juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirgan. Ko'plab jamoalarga namuna ham bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Superligada juda qiyin ahvolda, moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan "Bunyodkor"ning oxirgi turlargacha sovrinli o'rinlar uchun kurashgani va yakunda suniy tarzda bronza medallari uchun kurashdan ham mosuvo bo'lgani alam qiladi. Ayniqsa chempionat davomida nafaqat moliyaviy qiyinchiliklar, balki hakamlarning g'alati qarorlari qurboniga aylangan jamoaga nisbatan adolatsizdek ko'rinmoqda.

To'g'ri, birgina "Bunyodkor" moliyaviy holatdan qiynalgani yo'q. Masalan, "Nasaf" yoki "Buxoro"da ham bu kabi muammolar mavjud. Lekin bir narsaga etibor qaratish lozim, o'sha moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan jamoalardan qaysi biri yuqori oltitalikdan o'rin oldi yoki o'shalar orasidan kim chempionlik yoki sovrinli o'rinlar uchun kurashdi? SHularni inobatga olgan holda, bugungi qaror va bugungacha ushbu klubga bo'lgan munosabat yoki yondoshuv jamoaga og'ir botadi.

Umid qilamiz, o'zbek futbolining bayroqdor jamoasi - "Bunyodkor"ga bo'lgan beetiborlikka barham beriladi va etibor yoki etirofga loyiq ko'riladi.

Ishoning, "Bunyodkor" klubi etibor va etirofga loyiq jamoa!

Muallif :
Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика