“Bazel” himoyachisi 21,5 mln evroga “Borussiya D”ga o'tdi
14 jan 2018 09:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/299911_original.jpg)
![](/upload/storage/299911_220.jpg)
“Bazel” himoyachisi 21,5 mln evroga “Borussiya D”ga o'tdi
SHveycariyaning “Bazel” klubi yosh himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini Dortmundning “Borussiya” jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.
Tomonlar 22 yoshli futbolchining transferi yuzasidan kelishib olishdi. Germaniya grandi Akanji uchun bazelliklarga 21,5 million evro to'lab beradi. Kecha istedodli himoyachi Marbeleda yig'in o'tkazayotgan “Bazel” klubi lagerini tark etdi.
Etiborlisi, Akanjining transferi SHveycariya chempionati tarixidagi ikkinchi qimmat transferga aylandi. Hozirgacha rekord bo'lib turgan o'tish ham aynan “Bazel” jamoasiga tegishli. 2016 yilda “SHalke” klubi Breel Embolo uchun 25 million evro sarflagandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar