Bayramyan Armaniston terma jamoasida o'ynashga qaror qildi. Karpin uni qo'llab-quvvatladi
18 iyu 2020 18:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581997_original.jpg)
![](/upload/storage/581997_220.jpg)
Bayramyan Armaniston terma jamoasida o'ynashga qaror qildi. Karpin uni qo'llab-quvvatladi
"Rostov" yarim himoyachisi Xoren Bayramyan Armaniston terma jamoasida o'ynashga qaror qildi.
"Rostov" ustozi Valeriy Karpin 28 yoshli o'yinchining qarorini qo'llab-quvvatladi. Bundan tashqari Xoren Bayramyan Rossiya Premer-ligasida legioner sanalmaydi.
Armanistonda tug'ilgan xavbek bundan oldin Rossiya o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida to'p tepgan, ammo bosh jamoaga chaqiruv olmagan.
Bayramyan joriy mavsum Rossiya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar