So’nggi yangiliklar

22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  1 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  7 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  10 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  17 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  4 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  12 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  163 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  2

Bayram tamom! Endi hamma ishga (: Yangiliklar

Bayram tamom! Endi hamma ishga (:

Qandaydir maqoladan keyin uning ostiga yozilgan kommentlarni o'qishdan ham maroqli ish yo'q.

Ayniqsa, muallifga bildiriladigan etirozlar bo'limi juda qiziq. Umuman, shu ruhda davom etish kerak, maqtov hech narsa bermaydi, o'rinli tanqid yo'l ko'rsatadi, o'rinsizi kayfiyatni ko'taradi.

Jurnalistning o'z funkciyasi bor. Biz axborot beramiz, qo'lidan kelganlar yo'l ko'rsatadi, yana ham ustunroqlari tahlil qiladi, Xudodan boshqasidan qo'rqmaydiganlari tanqiddan ham qochmaydi. Va albatta, futbol jurnalisti borki, hammasi muxlis — futbolga muxlis. “Futbolni o'ldiraman”, — deb yurgan jurnalistni ko'rmadim. Ko'rsam, bir joyim tomir tortishib qoladigan hamkasblarim bor, umuman, hammamizda bor bunday insonlar. Ammo tan olamanki, ular menga yoqmasligi mumkindir, biroq hammasi futbolga bir nima berish istagida yuradi, uning dardi bilan yashaydi. Va albatta, ular ham meni yoqtirmaydi, bu normal holat.

Biz mana shu istaklarimiz bilan ham futbol ichidagi ko'pgina odamlardan ustunmiz. CHunki futbol jurnalistikasiga boyib ketish, uylar solish, mashinalar olish uchun kelib bo'lmaydi. Biz na futbolchining pulidan ulush olamiz va na uning sotilishidan pul ishlaymiz. Bizda mukofot pullari yo'q, biz g'oliblik uchun mashina yoki kvartiraga ega chiqmaymiz. Mag'lub bo'lgan futbolchilar, ammo biz ulardan kam qayg'urmaymiz, g'olib chiqsak, birga bayram qilamiz, uydagilarga haq bergandek bo'lamiz, choyxonaga tushamiz va hokazo. Nima demoqchiman, qandaydir manfaatni kutmasdan turib shu yo'lda ekanimiz asl futbol fidoyisi kim degan savolga javob beradi va albatta, muxlislar ham biz bilan.

Nega Osiyo CHempionati boshlanmay turib, boshqacha fikrlar bildirdik deb o'ylaysiz? Va nega turnir boshlanishi bilan o'sha yo'ldan qaytib, har bir g'alabaga qarsak chala boshladik? Aytaylik, Osiyo CHempionati hech narsa bermaydi bizga desagu, termaning har bir o'yinidan, har bir g'alabasidan keyin ham xuddi otdan tushib, egar tushmagan odamdek, baribir kerak emas, deb o'tiraversak nima bo'ladi? Bunda biz haqiqiy muxlis bo'lmaymiz, biz “men haq bo'lib chiqmadimmi”, degan kinoya va riyo uchungina ishlayotgan bo'lib qolamiz.

Futbolchilarning bu kabi zo'r rag'batlantirilishini nega istaymiz? CHunki qolgan yigitlar ham ko'rib qo'ysinki, chin dildan o'ynagan va borini berganlar yakunda qanday rag'batlantiriladi. Sen faqat o'ynasang bo'ldi, qolgani bizdan deb turibdi bu xalq. U kerakli turnir bo'ladimi yoki keraksiz — maydonda nima ahamiyati bor, to'g'rimi? Yurakdan o'ynayapsanmi, o'zingni ayamayapsanmi, demak, sen olqishga arziysan, quchog'ingga siqqanicha olishing mumkin, osh bo'lsin hammasi senga!

Biroq bu mening yoki kimningdir so'zidan, yo'lidan qaytishi emas. Kimdir klubini sotishi, kimdir dunyoni pul bilan o'lchashi va yana kimdir harom luqmani uyalmay farzandiga bemalol edirishi mumkin, biroq yigit kishining aytgani otilgan o'q. Bungacha nima deyilgan bo'lsa, hammasi o'z kuchida. G'alabangizdan xursand bo'ldik, sevindik, o'zimizga sig'madik. Bizga shu kerak, siz esa Malibuni oling, shuhratga ko'miling, dunyo kezing, faqat siz ham mana shunday erkakka o'xshab o'ynang, uyaling mag'lub bo'lishdan, or qiling engilishdan!

Osiyo CHempionatida na Avstraliya, na Koreya, na Yaponiya va na Eron bizga raqib bo'la olmasdi, kuchi etmasdi o'sha pallalarda. Ammo unutmaylik, ikki yildan keyin ular umuman boshqa qiyofada namoyon bo'ladi, ikki yildan keyin ular baribir asosiy favorit sifatida turnirga keladi. Buni Ravshan Haydarovga ham, boshqasiga ham aytib qo'ying. O'shanda ham shu kabi muvaffaqiyat ko'rsatsagina, Haydarov haqida aytgan hamma fikrlarimni qaytarib olaman. Ungacha hammasi joyida turadi. U kamtar inson, u yaxshi inson, u tili bilan kimgadir ozor bermaydigan inson. Demak, yanada ko'pini yutishga arziydigan inson. Haqiqat esa shundan iboratki, futbolda faqat yaxshilar g'olib chiqmaydi, unda kuchlilar muvaffaqiyat qozonadi. Yuting ikki yildan keyin ham va Prado-yu yangi kvartilarni oling, biz rozi.

Biz esa ungacha tanqid qilamiz, so'z bilan savalab turamiz, 1 ta turnini yutib, osmonga uchmoqchi bo'lganlarni oyog'idan pastga tortib turamiz. Biz futbolga shunday qarashimiz bilan yordam beramiz. Kimga yoqmasa, kommentlar ochiq, ayamang muallifni ham, boshqasini ham. Ammo ishontirib aytamanki, yillar davomida shakllangan qarashlar, fikrlar, sut bilan kirgan ozuqa-yu, olingan tarbiya ikki og'iz so'zingiz bilan o'zgarib qolmaydi, o'rtoqlar. Biz bir-birimizni o'zgartirishga ancha kech qoldik, muhimi biz kelajak avlodni to'g'ri yo'lga boshlashimiz, qolgani bekor.

Xullas, bayram tamom. Kim nima ekkan bo'lsa, hamma o'ziga yarashasini olishda davom etadi. Davlatning eng kattasi aytganidek, korrupciya bo'lmasa, g'irromlik bo'lmasa, futbolchilar ham ko'rsatar ekan natija. Va unutmangki, o'sha korrupciya, o'sha g'irromlik va o'sha o'yinlarga qarshi kurashda birinchi safda biz — jurnalistlar turibmiz. 10 yil oldin bizni nazariga ilmagan insonlar, bugun biz bilan hisoblashishyapti, eshitishyapti, kerak bo'lsa o'rganishyapti ham. SHuni his qilishning o'zi menga Malibudan kattaroq mukofot.

Muallif :
Reyting: +110   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика